02.09.1993 yildagi 932-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tilib, bu ish 2010-yilning 1-sentabriga qadar to‘liq tugallansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha Respublika davlat komissiyasi tarkibi lavozimlariga ko‘ra quyidagilardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Komissiya raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri — Komissiya raisining o‘rinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri — Komissiya raisining o‘rinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Komissiya raisining o‘rinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va fan bo‘limining mudiri — Komissiya kotibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim va fan masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘rinbosarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston “Yodgorlik” jamiyatining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika “O‘zbek tili” jamiyatining raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tilshunoslik institutining direktori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Adabiyot institutining direktori”.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika davlat komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oylik muddat ichida maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida, maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jamoat birlashmalarida Yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tishning davlat dasturi va tartibini ishlab chiqsin va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil davomida o‘zbek orfografiyasining yangi qoidalarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etsin;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy Kengashining ushbu Qarorini ro‘yobga chiqarishda davlat hokimiyati va boshqaruvning respublika hamda mahalliy organlariga uslubiyat va axborot bobida muntazam ravishda yordam ko‘rsatib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada va mahalliy boshqaruv organlarining yangi alifboni joriy etish yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam tinglab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tishning davlat dasturi va tartibi asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini amalga joriy etishga doir aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 1-sentabrdan e’tiboran maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida yangi alifbo bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni, qolgan sinflarida esa fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etishni ta’minlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi 1996-yil 1-avgustiga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganish uchun kerakli darsliklar va boshqa qo‘llanmalar nashr etilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari Respublika davlat komissiyasi bilan kelishgan holda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bosqichma-bosqich joriy etishga doir dasturni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, jamoat birlashmalarining respublika organlari, shu jumladan tasarruflaridagi korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda ham xodimlarga yangi alifboni o‘rgatishni tashkil etish hamda buning uchun kerakli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va texnika vositalari bilan ta’minlash yuzasidan maxsus ishchi guruhlari tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, yangi alifboni joriy etishga doir barcha xarajatlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan (budjet tashkilotlari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilgi hamda undan keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirish chog‘ida yangi alifboni joriy etish maqsadida zarur bo‘ladigan mablag‘larni budjetdagi tashkilotlar uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilishini nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995—1996-yillar davomida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning hamda korxonalar, tashkilotlar, xo‘jaliklar va o‘quv yurtlarida yangi alifboni fakultativ tarzda o‘rganishni tashkil etishning galdagi masalalarini hal etsin;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 72-I-son qarori tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qaror bajarilishining borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashini muntazam xabardor qilib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlarini “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yangi alifboga to‘liq o‘tilgan paytdan, ya’ni 2010-yilning 1-sentabridan e’tiboran 1940-yil 8-mayda qabul qilingan “O‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbesiga ko‘chirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1940-yil, № 4) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
932-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 332-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)