26.02.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI BOʻYIChA NAFAQALARNI TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM”NING 17-BANDI BEShINChI QISMINING KONSTITUTSIYAGA MUVOFIQLIGINI TEKShIRISh HAQIDAGI ISh BOʻYIChA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, R. Abdumajidov, G. Pirjanovdan iborat tarkibda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi vakillari, shuningdek, ekspert, dotsent M. Gasanov ishtirokida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismiga amal qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 1993-yil 1-dekabrda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan 1994-yil 10-fevralda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1994-yil 10-fevralda, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1994-yil 11-fevralda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 17-bandi beshinchi qismining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi masalani ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining murojaati munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjanovning tashabbusi bilan kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼruzachi sudya G. Pirjanovning axborotini, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralarning vakillarini, ekspert M. Gasanovning fikrini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasida yollanib ishlaydiganlarning haq toʻlanadigan dam olish huquqi mustahkamlab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasiga muvofiq, barcha xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-modasiga koʻra, har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega. Mehnat kodeksi 285-moddasining birinchi qismi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi oilaning betob aʼzosini parvarish qilganda toʻlanishini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, agar oila aʼzosining kasalligi xodimning mehnat taʼtili davrida boshlangan boʻlib, xodim dam olish oʻrniga bemorni parvarishlashga majbur boʻlgan boʻlsa, unda “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” 17-bandining beshinchi qismiga koʻra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilmaydi va bunday vaziyatda taʼtil xodim oilaning betob boʻlib qolgan aʼzosini parvarish qilgan kunlar soniga monand uzaytirilmaydi. Shu tarzda mehnat taʼtili davrida oilaning betob aʼzosini parvarish qiladigan xodimlarning dam olish va ijtimoiy taʼminotga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari kamsitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” 17-bandining navbatdagi yoki qoʻshimcha mehnat taʼtilidagi xodimning betob boʻlib qolgan oila aʼzosini parvarish qilganlik uchun nafaqa olish huquqini cheklovchi beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mos kelmaydi deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyatga oʻrin yoʻq va u “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 26-fevral