25.02.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QarorI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SURXONDARYo VILOYATI HOKIMINING 1996-YIL 15 AVGUSTDAGI 164-RAQAMLI FARMOYIShINING KONSTITUTSIYAGA MOSLIGINI TEKShIRISh TOʻGʻRISIDAGI ISh BOʻYIChA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernyazov, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjanovdan iborat tarkibda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimining 1996-yil 15-avgustdagi 164-raqamli farmoyishining Konstitutsiyaga qanchalik mosligi toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalani koʻrib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov, G. Pirjanovning Surxondaryo viloyati hokimining 1996-yil 15-avgustdagi 164-raqamli farmoyishining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qanchalik mosligini tekshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tashabbusi asos boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼruzachi sudya G. Pirjanovning axborotini eshitib va ish materiallarini tekshirib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan 1996-yil 15-avgustda qabul qilingan 164-raqamli farmoyishda “Surxondaryo” nomli rang kitob-albomni tayyorlash va chop etish maqsadida unga bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Denov paxta tozalash hissadorlik jamiyatiga 200 (ikki yuz) tonna “Prima” momigʻini ajratib, Novosibirsk qogʻoz kombinatiga yuborish taklif qilingan. Kombinat esa oʻz navbatida, 110 ming AQSh dollarini Finlyandiyadagi firmaga toʻlashi koʻzda tutilgan. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat hokimi paxta tayyorlash hissadorlik jamiyati zimmasiga 5.800 ming soʻm pul mablagʻini homiy tashkilot va korxonalar hisobidan toʻlash majburiyatini yuklagan. Shunday qilib, hissadorlik jamiyatining oʻz mablagʻidan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi ochiqdan-ochiq buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 113-moddasida: Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. Jamiyatning xoʻjalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi, deb koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimi hissadorlik jamiyatining xoʻjalik ishlariga aralashib, oʻz mulkiga oʻz xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini cheklagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon qilinganlarga koʻra va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surxondaryo viloyati hokimining 1996-yil 15-avgustdagi 164-raqamli “Surxondaryo” nomli rangli kitob-albomni tayyorlash va chop etish toʻgʻrisidagi farmoyishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq emas deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 25-fevral
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 26-fevral 1997-y., 43 (1560)-son)