19.09.2007 yildagi O‘RQ-111-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TOVAR BELGILARI, XIZMAT KOʻRSATISh BELGILARI VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-moddadagi “tovar belgilaridan, xizmat koʻrsatish belgilaridan va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan” degan soʻzlar “tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-modda ikkinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisi “davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi)” degan soʻzlardan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini (bundan buyon matnda Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxati deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisi “huquqi berilganligi” degan soʻzlardan keyin “shuningdek tovar belgisi Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum deb eʼtirof etilganligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma Patent idorasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 10-modda birinchi qismi 13-bandi uchinchi xatboshisining oʻzbek tilidagi matnidagi “umum eʼtirof etilgan” degan soʻzlar “hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 12-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovar belgisining ustuvorligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga koʻra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab oʻtilgan tovarlarni talabnomalar oʻrtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi—beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar talabnoma beruvchi soʻralayotgan qoʻshimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “toʻqqiz oy mobaynida” degan soʻzlar “yetti oy ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi “10-moddasi” degan soʻzlardan keyin “(10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 18-moddaning birinchi qismidagi “bir oy mobaynida” degan soʻzlar “uch kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 20-moddaning uchinchi qismidagi “bir oy davomida” degan soʻzlar “oʻn kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 23-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida roʻyxatdan oʻtkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib koʻrsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 24-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma Apellatsiya kengashining yoki sud qarori asosida toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) quyidagi mazmundagi 321 va 322-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“321-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada koʻrsatalgan sanadagi holatga koʻra mazkur shaxsning tovarlari xususida Oʻzbekiston Respublikasida tegishli isteʼmolchilar orasida keng maʼlum boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgisi deb eʼtirof etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322-modda. Hammaga maʼlum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum tovar belgisiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Apellatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgisi Patent idorasi tomonidan Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum tovar belgisiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar ular Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilganidan keyin Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatiga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hammaga maʼlum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-111-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)