Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008 04.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1102-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 04.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1102-6
Kuchga kirish sanasi
14.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YAGONA YER SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 4-sentabrda 1102-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-2086-sonli Farmoniga qoʻshimchalar kiritish haqidagi” PF-3886-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2007-yil, 25-26-son, 259-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 31-yanvardagi 29, 2002-27-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning (2002-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1102 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son; 2003-y., 1-2-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 87-modda; 2005-y., 5-6-son, 44-modda; 2006-y., 28-29-son, 276-modda; 2007-y., 4-5-son 52-modda) 18-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilganda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab yagona yer soligʻini hisoblab yozish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish va faoliyatini tiklash tartib-taomillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda soliq imtiyoz qoʻllanadigan butun davr uchun toʻliq hajmda olinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-52-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 371-modda)