Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024 03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1711
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining qarori, 03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1711
Kuchga kirish sanasi
13.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024
Hujjat 13.09.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
“OʻZPAXTASANOAT” UYuShMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

PAXTA XOM AShYoSINING XARID NARXINI VA PAXTA TOLASINING ULGURJI NARXINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1711-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024 y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 15-16-son, 117-modda)gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 36-son, 359-modda)gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2003-yil 4-yanvardagi 1, 1, 10, EG-01/01-30, 01/4739-son “Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” (2003-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 1208 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son)gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2003-yil 22-dekabrdagi 123, 17, 01/172, NN-01/10-4713, 01/4127-son “Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” (2004-yil 2-fevral, roʻyxat raqami 1208-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2004-yil, 5-son)gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2007-yil 31-avgust,

81-son

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163-son

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EG-01/22-4209-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/1829-son

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining
2007-yil 31-avgustdagi 81, 32, 163, EG-01/22-4209, 01/1829-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxlarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 15-16-son, 117-modda) va “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 36-son, 359-modda) muvofiq paxta xomashyosining xarid narxlarini va paxta tolasining ulgurji narxlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Etishtirilgan paxta xomashyosining butun hajmiga boʻlgan xarid narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yigʻim-terim boshlanishidan 15 kundan kechikmasdan, Franko-tashuvchi joʻnatish stansiyasi (GʻSA) shartlari va Markaziy bankning prognoz qilinayotgan valyuta kursi qiymatida paxta xomashyosi yigʻim-terimi mavsumida jahon bozorida kutilayotgan paxta tolasiga boʻlgan oʻrtacha darajadagi narxlardan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Liverpul paxta uyushmasida kutilayotgan kotirovka boʻyicha bir ingliz funti ogʻirligidagi amerika tsentlarida ifodalangan SIGʻ shartlarida oʻrtacha jahon bozoridagi narxi ushbu Nizom maqsadlari uchun paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, oʻrta klass narxi sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir ingliz funti ogʻirligining tsenti bir tonnaning AQSh dollaridagi narxiga aylantirish uchun 22.046 hisob-kitob koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Paxta xomashyosining xarid narxlarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta xomashyosining bazis (oʻrtacha) xarid narxi (beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klass) tola chiqishi oʻrtacha koʻrsatkichini hisobga olib paxta tolasining jahon bozoridagi oʻrtacha narxidan kelib chiqib, milliy valyuta (soʻm)da quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bx = (Jn - Tsx)x Vk + Imq - Kx) x Tch, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bx — bir tonna paxta xomashyoning soʻmdagi bazis (oʻrtacha) xarid narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jn — bir tonna paxta tolasining yigʻim-terim mavsumida jahon bozorida kutilayotgan AQSh dollaridagi oʻrtacha narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tsx — bir tonna paxta tolasini sotish xarajatlari AQSh dollarida (paxta tozalash zavodidan terminalgacha tashish, terminalda saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasini eksportga sotish boʻyicha chegaralangan xarajatlari, hududiy birlashmalarning komission xarajatlari (“Paxtasanoat” HAB va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vk — Markaziy bankning paxta yigʻim-terimi mavsumida kutilayotgan oʻrtacha valyuta kursi, soʻm/dollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imq — bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan ikkilamchi mahsulotning qiymati, soʻmda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kx — paxta tozalash korxonalarining bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan paxta xomashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha soʻmdagi xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tch — oxirgi uch yilda oʻrtacha tola chiqish koeffitsiyenti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosining xarid narxini aniqlashda xoʻjaliklar tomonidan texnologik karta normalari boʻyicha qilinayotgan xarajatlari ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida keltirilgan formula boʻyicha aniqlangan bazis (oʻrtacha) narxidan kelib chiqib paxta xomashyosining navlari va klasslari boʻyicha narxini aniqlash paxta xomashyosining har bir sanoat navi, klassi va tipi boʻyicha koeffitsiyentlarini (mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan har yili 1-sentabrdan kechiktirmasdan tolaning jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib tasdiqlanadigan koeffitsiyentlarini qoʻllab aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi amalda vujudga kelgan oʻrtacha xarid narxi oʻtgan yilgi bazis narxga nisbatan ikki va undan ortiq foizga farq qilganda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan koeffitsiyentlar joriy yil hosilida qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta xomashyosining xarid narxlari preyskuranti hamda paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish tartibi uning sifat koʻrsatkichlari hisobga olinib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular tomonidan hududiy boʻlinmalarga hamda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga rahbarlik va xizmatda foydalanish uchun yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Paxta tolasining ulgurji narxlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Paxta tolasining har bir tipi, navi va klasslari boʻyicha ulgurji narxlari (bundan keyin ulgurji narxlari deb yuritiladi) paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, oʻrta klass bazis narxiga navlar va klasslar boʻyicha narxini aniqlash koeffitsiyentlari (ushbu Nizomga 2-ilova)ni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan har yili 1-sentabrdan kechiktirmasdan tolaning jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib, tasdiqlanadigan tiplar va kodlarga oʻtkazish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, oʻrta klassdagi ulgurji bazis narxi paxta xomashyosining beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassiga belgilangan xarid narxi, undan oʻrtacha tola chiqishi, paxta tozalash korxonalarining xarajatlari va eng kam zaruriy foyda miqdoridan kelib chiqib, quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bun = Xn : Tch - Imq + Kx + Dx + F, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bun — paxta tolasining bazis ulgurji narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xn — bir tonna beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassdagi paxta xomashyosining xarid narxi, soʻmda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tch — oxirgi uch yilda beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassdagi paxta xomashyosidan tola chiqishi koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imq — bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan ikkilamchi mahsulotlar qiymati, soʻmda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kx — paxta tozalash korxonalarining bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan paxta xomashyosini tayyorlash, transportirovka qilish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha xarajatlari, soʻmda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dx — bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan davr xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F — bir tonna paxta tolasiga toʻgʻri keladigan zaruriy foyda miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ulgurji narxlar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan hisoblanadi va bu narxlarning preyskuranti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta tolasiga ulgurji narxlar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va paxta tozalash korxonalari oʻrtasidagi hisob-kitoblarda qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulgurji narxlarni shakllantirishda paxta tozalash korxonalarining xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil, 2-son, 9-modda)ga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bevosita ishlab chiqarish xarajatlari paxta tolasi tannarxiga amaldagi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan miqdorda qoʻshib hisoblanadi va paxta tozalash korxonalarining quvvatlaridan foydalanish darajasi pasayishi natijasida mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan shartli-doimiy xarajatlarning oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruriy foyda miqdori dividend toʻlovlari va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan sof foyda miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Paxta xomashyosining navlari va klasslari boʻyicha narxlarini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis-2 nav, 1 klass)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-nav 1 klass‎ 1,094‎
2 klass‎ 1,066‎
3 klass‎ 0,853‎
2-nav 1 klass‎ 1,000‎
2 klass‎ 0,917‎
3 klass‎ 0,843‎
3-nav 1 klass‎ 0,876‎
2 klass‎ 0,779‎
3 klass‎ 0,551‎
4-nav 1 klass‎ 0,652‎
2 klass‎ 0,506‎
3 klass‎ 0,387‎
5-nav 3 klass‎ 0,271‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu koeffitsiyentlar 2003—2005-yillardagi paxta xomashyosini tayyorlash natijalarining tahlili asosida oʻrta va bazis xarid narxlarining tengligini taʼminlash uchun ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining navlar va klasslar boʻyicha narxini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis- 1 nav, oʻrta klass)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy 1,050‎
yaxshi 1,040‎
1-nav oʻrta 1,000
oddiy 0,965
iflos 0,925
oliy 1,020‎
yaxshi 0,990‎
2-nav oʻrta 0,955
oddiy 0,920
iflos 0,880
yaxshi 0,965‎
3-nav oʻrta 0,930
oddiy 0,885
iflos 0,840
yaxshi 0,850‎
4-nav oʻrta 0,800
oddiy 0,750
iflos 0,700
oʻrta 0,550‎
5-nav oddiy 0,500
iflos 0,450‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 369-modda)