OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 25-avgustda 69-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 8-avgustdagi DK 12-02-31/605-son va Markaziy bankining 2007-yil 3-avgustdagi 17-28/915-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994-yil 10-mayda 50-son va Markaziy bank tomonidan 1994-yil 3-mayda 15-62-son bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlashdan bosh tortayotgan ota-onalarni qidirib topish davrida vaqtinchalik nafaqalar toʻlashga moʻljallangan mablagʻlarning yigʻilishi va oʻtkazilishining vaqtinchalik tartibi” (1994-yil 13-iyun, roʻyxat raqami 69) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Ushbu buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Quyidagilar:
ushbu buyruq 2007-yil 4-sentabrdan kuchga kirishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi mazkur hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazirning birinchi oʻrinbosari A. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-avgust,
160-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 358-modda)