O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“TELEKOMMUNIKATSIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 19-MODDASIGA O‘ZGARTISH KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 21-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda) 19-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yong‘inlar, epidemiyalar va boshqalar) telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish hamda ularni markazlashgan holda boshqarish, shuningdek ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-sentabr,
O‘RQ-107-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 353-modda)