Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRINING 2001 YIL 17 AVGUSTDAGI 18-SON “1-ShARTNOMA ShAKLI BOʻYIChA “SANOAT KORXONALARINING MAHSULOT YETKAZIB BERISh VA MODDIY RESURSLAR OLISh MOʻLJAL (REJA)LARI HAMDA ShARTNOMALAR TUZIShNING BORIShINI TEKShIRISh” HISOBOTINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUGʻINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda 1067-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining 2001-yil 17-avgustdagi 18-son “1-shartnoma shakli boʻyicha “Sanoat korxonalarining mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslar olish moʻljal (reja)lari hamda shartnomalar tuzishning borishini tekshirish” hisobotini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2001-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1067 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil 17-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 352-modda)