Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRINING 2001 YIL 17 AVGUSTDAGI 19-SON “SANOAT KORXONASI (BIRLAShMASI)NING 2-ShARTNOMA ShAKLI BOʻYIChA TAYYOR MAHSULOTNI JOʻNATISh VA UNING QOLDIGʻI TOʻGʻRISIDAGI HISOBOTNI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUGʻINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda 1065-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining 2001-yil 17-avgustdagi 19-son “Sanoat korxonasi (birlashmasi)ning 2-shartnoma shakli boʻyicha tayyor mahsulotni joʻnatish va uning qoldigʻi toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2001-yil 15-sentabr, roʻyxat raqami 1065 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil 17-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 351-modda)