OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UY MEHNATINI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-iyulda 487-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmonini amalga oshirish haqida”gi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan qaror qilamiz:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 1998-yil 5-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan (1998-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 487) Oʻzbekiston Respublikasida uy mehnatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul,
M-35-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul,
26-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul,
10-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi D. JAXONGIROVA
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul
Savdo-sanoat palatasi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul
Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi G. MARUFOVA
Toshkent sh.,
2007-yil 16-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 324-modda)