Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AFGʻONISTON HUDUDIGA TIJORAT YuKLARINI TRANSPORTDA TAShIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 31 YaNVARDAGI 41-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Afgʻonistonga eksport va tranzit yuklar tashish samaradorligini oshirish, “Termiz — Xayraton” birlashtirilgan temir yoʻl-avtomobil koʻprigini texnik jihatdan saqlash va undan foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar kompleksini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining beshinchi xatboshidagi “5” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-aprel,
82-son