30.06.2007 yildagi 134-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.06.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDAGI “TAʼLIM SEKTORINI RIVOJLANTIRISH DASTURI” LOYIHASINING TEXNIK-IQTISODIY HISOBLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha qarz mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha komponentlar tarkibiga loyihani amalga oshirish muddatini 2009-yil 31-martgacha uzaytirgan holda maslahat xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirishni 2796,90 ming AQSH dollariga kamaytirishni hamda masofadan oʻqitish resurs markazlarini va umumtaʼlim maktablarini jihozlash uchun mebel va asbob-uskunalar xarid qilish hajmini 2379,19 ming AQSH dollariga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihaning ilovaga* muvofiq texnik-iqtisodiy parametrlarga ega boʻlgan texnik-iqtisodiy hisoblari tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʻlarning toifalar boʻyicha qayta taqsimlanishini hamda loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2003-yil 9-yanvardagi Qarz bitimiga oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisida Osiyo taraqqiyot bankiga tegishli soʻrovnoma yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 92-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 30-iyun,

134-son