Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-iyunda 91-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2007-yil 8-iyundagi BT/15-04-19-12/62-822, UT 02/1-16/1349-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 29-avgustda 91-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1994-yil 29-iyulda 94-son bilan tasdiqlangan “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-iyun,
117-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 269-modda)