Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.1999 02.09.1993 yildagi 916-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.1999
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 1999-yil 14-aprelda yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarini “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumanlar va shaharlarning hokimlari joriy yilning 1-dekabrigacha o‘zini o‘zi boshqarish organlari amal qiladigan hududlarning tegralarini belgilab olsinlar hamda yig‘inlarning raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zini o‘zi boshqarish organlari amal qiladigan hududlarning tegralari aniqlangunga hamda yig‘inlarning raislari (oqsoqollari) Qonunda belgilangan tartibda saylangunga qadar ularning vazifalarini bajarib turish xalq deputatlari shaharcha, qishloq va ovul Kengashlarining raislari zimmasiga, mahallalarda esa — mahalla qo‘mitalarining raislari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida”gi Kodeksi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq holga keltirgunga qadar ilgari xalq deputatlari tuman, shahar, shahardagi tuman, shaharcha, qishloq, ovul Kengashlari ijroiya qo‘mitalari huzuridagi ma’muriy komissiyalar ixtiyoriga berilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlari tegishli ravishda tuman, shahar hokimliklari va shaharcha, qishloq, ovul o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi ma’muriy komissiyalar ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1980-yil 14-marta qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari posyolka Soveti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 9, 108-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1980-yil 14-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari qishloq Soveti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 9, 109-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi shaharlari, posyolkalari va qishloqlaridagi mahalla (kvartal) komitetlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1983-yil 4-iyuldagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 20, 330-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida grajdanlarning istiqomat joylaridagi umumiy yig‘ilishlari, yig‘inlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1988-yil 30-noyabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 34, 398-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 2-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
916-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 323-modda)