Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGAShLARI TARKIBLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 26 IYuLDAGI 358-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat axborot resurslarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiradigan elektron hujjatlarni jadal shakllantirishga koʻmaklashish va ularning saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 44-ilovaga “Abdullayev A.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-iyun,
121-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 252-modda)