OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
NAQD PUL TUShUMINI YaShIRIShGA YOʻL QOʻYGAN KORXONALAR VA TAShKILOTLARGA NISBATAN JAZO JARIMALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-mayda 1070-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 235-son qaroriga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 14-sentabrdagi 2001-67, 202-V-son bilan tasdiqlangan “Naqd pul tushumini yashirishga yoʻl qoʻygan korxonalar va tashkilotlarga nisbatan jazo jarimalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 28-sentabr, roʻyxat raqami 1070 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-aprel,
2007-33-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-aprel,
11/6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 21-son, 217-modda)