11.04.2007 yildagi O‘RQ-90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DAVLAT BOSHQARUVINI YANGILASH VA YANADA DEMOKRATLASHTIRISH HAMDA MAMLAKATNI MODERNIZATSIYA QILISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLINI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi O‘RQ-982-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 2-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahardagi tuman, tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimlari tegishincha shahar, tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo‘ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo‘lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 2, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 13-moddaning ikkinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisi “palatasining” degan so‘zdan keyin “Spiker o‘rinbosarligiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“131-modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”;

3) 14-moddaning ikkinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi qonunda hamda Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 23-moddaning oltinchi qismidagi “yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 251-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“251-modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Fraksiyalarning blokka birlashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.

O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.

Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.

Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.

O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:

Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;

muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;

Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.

Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini saylashdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan ko‘pi bilan o‘n besh kishidan iborat Oksoqollar kengashi tuziladi, mazkur kengash vakolatlari Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylangach tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqsoqollar kengashi tarkibiga: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi; deputatlik faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, yoshi eng ulug‘ deputatlar; nomzodlari Qonunchilik palatasiga saylangan siyosiy partiyalar deputatlarining vakillari; Qonunchilik palatasiga saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlarning vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqsoqollar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqsoqollar kengashi Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar orasidan ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni Oksoqollar kengashining tavsiyasi bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Bunda, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqka ega ekanligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya o‘z fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari saylanganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi, qarorlarni palata majlisida raislik qiluvchi imzolaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismidagi “yoki hech bir fraksiya yoxud deputatlar guruhiga kirmaslikka haqli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi va fraksiya yoki deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“91-modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Fraksiyalarning blokka birlashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarning har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng Qonunchilik palatasi va Senat ko‘rib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10,137-modda) 18-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi Senat tomonidan uning yaqin oradagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Senat tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Senatni tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-90-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 153-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)