26.04.1996 yildagi 231-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II, III va IV bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; № 12, 269-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 27-moddaning birinchi qismi “sudyasi tomonidan” degan so‘zlardan keyin “eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan hollarda esa — bojxona organlari tomonidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 175-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘la turib, debitorlik va kreditorlik qarzlari muddati o‘tkazib yuborilgan hamda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda —”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 245-moddaning birinchi qismi “112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismi)” degan so‘zlardan keyin “119-moddaning ikkinchi qismi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bojxona boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilishga haqlidirlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 294-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi gap bilan to‘ldirilsin: “Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulot O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq bo‘lib, musodara chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish bojxona organi tomonidan alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa yoki uning qayerdaligini aniqlashning iloji bo‘lmasa, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 337-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilish to‘g‘risidagi bojxona organining qarorini tegishli hokimliklar tomonidan tuziladigan doimiy ishlovchi komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etadilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 339-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyumni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror, uning ijro etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror esa — bojxona organining musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan mansabdor shaxsiga qaytariladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda; 1997-y., 4-5-songa ilova; 1998-y., 5-6-son, 83-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)