04.02.2005 yildagi PF-3568-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 8-qismiga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 2-qismiga muvofiq quyidagilar Vazirlar Mahkamasining a’zolari etib tasdiqlansin:
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich — Bosh vazir, agrosanoat kompleksi rahbari
Azimov Rustam Sodiqovich — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda iste’mol tovarlari va savdo kompleksi rahbari
To‘xtayev Abduqahhor Hasanovich — Bosh vazir o‘rinbosari, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari
Sultonov O‘tkir To‘xtamurodovich — Bosh vazir o‘rinbosari, yoqilg‘i-energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari kompleksi rahbari
Aripov Abdulla Nigmatovich — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi rahbari
Qosimov Rustam Sobirovich — Bosh vazir o‘rinbosari — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari
G‘aniyev Elyor Majidovich — Bosh vazir o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari
Inomova Svetlana Tursunovna — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi


Vazirliklar

Abidov Oqiljon — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich — madaniyat va sport ishlari vaziri
Almatov Zokirjon — ichki ishlar vaziri
G‘ulomov Qodir G‘afurovich — mudofaa vaziri
Jo‘rayev Turobjon Ikromovich — xalq ta’limi vaziri
Ismoilov Sayfiddin Umarovich — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri
Mustafoyev Bo‘ritosh — adliya vaziri
Nazirov Feruz G‘afurovich — sog‘liqni saqlash vaziri
Rahimov Saidahmad Boriyevich — moliya vaziri
Subanov Baxtiyor Jumaboyevich — favqulodda vaziyatlar vaziri


Davlat qo‘mitalari

Asqarov Mahmudjon Axmatovich — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi
Ahmedov Nurmuhammad — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi
Qudratov G‘ofurjon Sobirovich — Davlat statistika qo‘mitasi raisi
Matlyubov Bahodir Ahmedovich — Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
Parpiyev Botir Rahmatovich — Davlat soliq qo‘mitasi raisi
Sayfiddinov Jamshid Badriddinovich — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
To‘xtayev Azamat Ramzitdinovich — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi
Abduazizov Abduvali — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi