O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBIGA QISMAN O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri lavozimi qisqartirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimi kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-iyul,
PQ–130-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 7-son, 256-modda)