Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.03.2004 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 18.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT-ChIMYoN-ChORVOQ DAM OLISh ZONASI AVTOMOBIL YOʻLINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash va qayta qurishda moliya va texnologiya intizomining jiddiy buzilishlari, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash muddatlari 2003-yil 15-dekabrgacha belgilangani holda, ularni tasdiqlamasdan amalga oshirish hollari aniqlandi. Bu “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishning belgilangan tartibi va talablari qoʻpol ravishda buzilishiga, moliyaviy resurslardan samarasiz va belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilishiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash va qayta qurish boʻyicha aniqlangan muammolar munosabati bilan hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha barcha ishlar texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda kelishilgungacha va tasdiqlangungacha toʻxtatib qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining eʼtirozlari va takliflarini hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslashlarning ishlab chiqilishi 2004-yil 10-aprelgacha tugallanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi 2004-yil 15-maygacha tugallanishini taʼminlasin hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlari puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasinlar va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda va ekspertizadan oʻtkazishda hamda qurilishni tashkil etishda tasdiqlangan va respublikada amalda boʻlgan qurilish meʼyorlari va qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq Loyihalarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga qatʼiy amal qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalish boʻyicha avtomobil yoʻlining yoʻl qurilishida belgilangan normalarga qatʼiy muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi, ularning ortiqcha sarflanishiga va asossiz chetlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan qatʼiy va muntazam nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish tugallangandan keyin bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ajratilgan moliyaviy mablagʻlardan amalda foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash toʻgʻrisida” 2003-yil 7-noyabrdagi 493-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshi, 4, 6 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130-son