Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QUVAYT DAVLATIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt Davlati oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quvayt Davlatining Al-Quvayt shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi ochilsin.
2. Quvayt Davlatidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona xodimlari soni 5 nafar, ulardan diplomatik tarkib xodimlari 3 nafar va maʼmuriy-texnik tarkib xodimlari 2 nafardan iborat etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan 2004-yilning qolgan davri uchun mazkur Elchixona taʼminotiga xarajatlar smetasini kelishsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yildan boshlab xorijiy muassasalarni moliyalashtirishning navbatdagi moliyaviy yil uchun budjetda tasdiqlangan hajmidan kelib chiqqan holda shtatlar butlanishiga qarab, xarajatlar smetasiga muvofiq xorijiy muassasa taʼminotiga zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Elchixonaning diplomatik tarkibini shtat jadvaliga muvofiq butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.
6. Manama shahridagi (Bahrayn) Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligi va Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligida uchinchi kotib lavozimi 2004-yil 1-iyundan boshlab tugatilsin.
Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligi shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga 1-ilova hamda Vazirlar Mahkamasining “Manama shahrida (Bahrayn) Oʻzbekiston Respublikasi Konsulligini ochish toʻgʻrisida” 1997-yil 1-noyabrdagi 497-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-may,
235-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-maydagi 235- son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Quvayt Davlatidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
SHTAT JADVALI
|
(hisob-kitoblar AQSH dollarida) | |||||
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi |
Elchining maoshi (2200$) ga |
Oylik |
2004-yil uchun |
|
| |||||
| 1. | Elchi | 1 | 100% | 2 200,00 | 26 400,00 |
| 2. | Birinchi kotib | 1 | 75% | 1 650,00 | 19 800,00 |
| 3. | Uchinchi kotib | 1 | 65% | 1 430,00 | 17 160,00 |
| | Hammasi: | 3 | | 5 280,00 | 63 360,00 |
|
Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65% | 1 430,00 | 17 160,00 |
| 2. | Xoʻjalik mudiri, oʻzi haydovchi |
1 | 50% | 1 100,00 | 13 200,00 |
| 3. | Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar: farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) |
| | 2 000,00 | 24 000,00 |
| | Hammasi: | 2 | | 4 530,00 | 54 360,00 |
| | Jami: | 9 | | 9 810,00 | 117720,00 |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-maydagi 235-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligining
SHTAT JADVALI
SHTAT JADVALI
|
(hisob-kitoblar AQSH dollarida) | |||||
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi |
Elchining maoshi (1700$) ga |
Oylik |
2004-yil uchun |
|
| |||||
| 1. | Bosh konsul | 1 | 85% | 1 445,00 | 17 340,00 |
| Hammasi: | 1 | | 1 445,00 | 17 340,00 | |
|
| |||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65% | 1 105,00 | 13 260,00 |
| 2. | Joyning oʻzida yollanadigan yoki xodimlarning oila aʼzolaridan iborat boʻladigan xodimlar: farrosh, qorovul, bogʻbon va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) |
| | 1 600,00 | 19 200,00 |
| | Hammasi: | 1 | | 2 705,00 | 32 460,00 |
| | Jami: | 2 | | 4 150,00 | 49 800,00 |
Keyingi tahrirga qarang.