Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.01.2004 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAPONIYA HUKUMATINING BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumatining 707 mln. Yaponiya yeni miqdoridagi beg‘araz yordamidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev Ayirboshlash notasini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda beg‘araz yordam mablag‘larini olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuqorida ko‘rsatilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob yuzasidan xizmat ko‘rsatish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi yuqorida ko‘rsatilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob yuzasidan xizmat ko‘rsatganlik uchun Yaponiya tomoniga vositachilik haqini 2004-yilga budjet parametrlariga muvofiq Markaz uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga to‘lasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordam doirasida O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihaning chet ellik qatnashchilariga davlat boji undirmasdan ko‘p martalik vizalar berilishini va vizalarning amal qilish muddati uzaytirilishini hamda ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.M. G‘aniyev va A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-son