O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga Qarshi kurashish Departamenti Boshlig‘ining
Buyrug‘i
“PUL MABLAG‘LARI YOKI BOShQA MOL-MULK BILAN BOG‘LIQ OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRUVChI TAShKILOTLARDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRISh VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh YuZASIDAN IChKI NAZORATNI AMALGA OShIRISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” BUYRUQNING AMAL QILIShINI TO‘XTATIB TURISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-martda 1597-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2009-yil 13-oktabrdagi 37 sonli “2006-yil 19-iyundagi 517-sonli va 2007-yil 22-fevraldagi 12-sonli buyruqlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1597-2 16.10.2009-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlashga oid keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 12-yanvardagi PQ-565-son va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi 2007-yil 20-fevraldagi PQ-586-son qarorlarini bajarish maqsadida, buyuraman:
1. “Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning (2006-yil 19-iyul, ro‘yxat raqami 1597 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 284-modda) amal qilishi 2013-yil 1-yanvargacha davrda to‘xtatib turilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i N. YULDASHEV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-fevral,
12-son
Kelishildi:
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 92-modda)