Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 10.02.2007 yildagi 30-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 04.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida respublikada ichki bozorni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash taʼminlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish koʻpaymoqda. Avtotransport vositalarining bir qismini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning oʻsishi va unga bogʻliq ravishda avtotransport vositalari sonining koʻpayishi avtomobil yonilgʻisiga, shu jumladan suyultirilgan va siqilgan gazga boʻlgan ehtiyoj oʻsishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanish hajmini tegishli ravishda koʻpaytirish, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarini va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish boʻyicha aniq strategiya belgilanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarini ekologik toza yonilgʻi turlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash, avtomobil benzinini ular bilan almashtirish, respublikaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va ushbu maqsadlarda investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada avtomobil benzini isteʼmol qiladigan mavjud avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi axborot 1-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2007—2012-yillarga moʻljallangan quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha avtomobil vositalarining suyultirilgan va siqilgan gaz isteʼmoli prognoz hajmlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini suyultirilgan gazga oʻtkazishning prognoz koʻrsatkichlari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga oʻtkazishning prognoz koʻrsatkichlari 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari qurish prognozi 5-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillarga gaz quyish stansiyalari qurish prognozi 6-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil gaz ballonlari va suyultirilgan gazni saqlash uchun idishlar ishlab chiqarish prognozi 7-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini samarali loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun ishlab chiqiladigan va qayta koʻrib chiqiladigan zarur normativ hujjatlar roʻyxati 8-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda 7-ilovaga* muvofiq avtomobil gaz ballonlari va suyultirilgan gazni saqlash uchun idishlar ishlab chiqarish loyihalarini prognozga binoan Mahalliylashtirish dasturiga kiritishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan sxemaga qatʼiy muvofiq ravishda hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda tender asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini xalqaro va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻylab maqbul joylashtirishning loyiha sxemalarini kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 3, 3a, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq prognoz parametrlar bajarilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan avtotransport vositalari konstruksiyasining loyiha hujjatlariga va yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 64-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)