Oʻzbekiston Respublikasi Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan kundan boshlab amalga kiritiladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, avvalgi Davlat bayrogʻidan u Oʻzbekiston Respublikasining yangi Davlat bayrogʻi bilan almashtirilgunga qadar ikki oy davomida foydalanish mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga:
1991-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilib tashlash tartibini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1974-yil 27-sentabr Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 27, 323-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston, Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1978-yil 29-iyun Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978-yil, № 19, 323-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1981-yil 30-iyul Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 22, 445-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1981-yil 27-noyabr Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 33, 647-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1984-yil 11-sentabr Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, N 26, 382-modda);
1984-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 485-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1984-yil 11-sentabr Farmonini tasdiqlashga doir qismi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
408-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 28-modda)