Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 28.12.1993 yildagi 998-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-modda 1-bandining “i”, “k” va “n” bandchalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“i) fuqarolarning mulkchilik huquqi asosida o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan oladigan pullari, mazkur mol-mulkni tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida sotishdan olinadigan daromadlar bundan mustasnodir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jalikda chorva mollar, quyonlar, nutriya, baliq, parranda va boshqa jonivorlarni boqib, ularni xoh tirik vaznda, xoh so‘ygan holda sotishdan va qayta ishlash asosida olingan mahsulotlarini sotishdan, asalarichilik mahsulotlari, shuningdek mazkur xo‘jalikda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini natural holida va qayta ishlab sotishdan oladigan daromadlari. Fuqaroning shaxsiy yordamchi xo‘jaligi borligi mahalliy hokimiyat organining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“n) fuqarolarning sug‘urta yuzasidan oladigan pullari, sug‘urta bo‘yicha sug‘urta badallari korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hisobidan beriladigan hollar bundan mustasnodir;”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-moddada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning birinchi xatboshisida “sakkiz barobari” degan so‘zlar “to‘rt barobari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning “d” bandchasi “qahramon onalar” degan so‘zlardan keyin “o‘n va undan ortiq bolalari bo‘lgan ayollar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band quyidagi mazmundagi “n” bandcha bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“n) O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatining xodimlari barcha daromadlari yuzasidan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning “v” bandchasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning “g”, “d” va “e” bandchalari tegishincha “v”, “g” va “d” bandchalari deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Fuqarolarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Soliq solinadigan yillik daromad miqdori ‎(soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)

Soliq summasi‎

minimal oylik ish haqai miqdorining 36 barobarigacha daromad summasining 15 foizi‎
minimal oylik ish haqimiqdorining 36 barobaridan (+ 1 so‘m ) 60 barobarigacha ‎‎ minimal oylik ish haqi miqdorining 36 barobaridan olinadigan soliq + 36 barobaridan ortiq summaning 20 foizi‎
minmal oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan (+ 1 so‘m) 120 barobarigacha‎ minimal oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq + 60 barobaridan ortiq summaning 30 foizi‎
minmal oylik ish xaqi miqdorining 120 barobaridan (+ 1 so‘m) va undan ortiq‎ minimal oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan ortiq + 120 barobaridan ortiq summaning 40 foizi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-moddaning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13-modda. Asosiy ish joyidan boshqa yerda olingan ish haqidan va boshqa to‘lovlardan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarning har qanday daromadlariga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlariga asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olayotgan daromadlari bilan bir vaqtda Qonunning ushbu moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq solinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida aytib o‘tilgan daromadlardan soliq mazkur Qonunning 12 va 16-moddalarida belgilangan tartibda, tadbirkorlik faoliyatidan orttiriladigan daromadlaridan esa soliq mazkur Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda fuqarolarning daromadlaridan Qonunda belgilangan soliq solinmaydigan minimumning oylik miqdori summasi istisno qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yil davomida soliq solinadigan yillik jami daromadga asosan soliqni mustaqil ravishda hisoblab chiqarishlari va soliq solinadigan umumiy daromaddan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan daromad to‘lovchi manba tomonidan ushlab qolingan soliq summasi o‘rtasidagi farqni yilning har choragida kamida bir marta budjetga to‘lashlari mumkin. Kalendar yili tugaganidan keyin bu daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar fuqarolarning doimiy yashash joyidagi soliq organiga belgilangan tartibda taqdim etiladigan deklaratsiyaga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadlarni to‘lagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechikmay o‘zlari turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan yili o‘zlari daromad to‘lagan shaxslarning doimiy yashash joyini ko‘rsatgan holda ularga to‘langan daromad summasi va ulardan undirilgan soliqlar summasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadilar. Aytib o‘tilgan ma’lumotlar daromadlar olgan shaxslarning doimiy yashash joyidagi soliq organlariga yuboriladi. Soliq organlari fuqarolar bir yilda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etganlarida ana shu ma’lumotlarni e’tiborga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan fuqaroga mualliflik haqi to‘lash hamda Fan, adabiyot va san’at asarlarini nashr qilganlik, ijro etganlik yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanganlik uchun haq to‘lash, kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalarining mualliflarini taqdirlash, shuningdek yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish vaqtida hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar hisobga olinadi. Agar bu xarajatlarni hujjatlar bilan tasdiqlashning iloji bo‘lmasa, u holda bunday xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilagan tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr etish, ijro etish yoki ulardan o‘zga tarzda foydalanish uchun shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda shu shartnoma hisobidan avans sifatida to‘lanadigan haq uzil-kesil hisob-kitob vaqtida qo‘shib hisoblanadi hamda soliq solish maqsadida shartnoma amal qilgan yil miqdoriga taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shartnoma bo‘lmagan taqdirda, agar asarni yaratganlik yoki birinchi marta nashr etganlik uchun to‘lanadigan haq minimal oylik ish haqi miqdorining 12 barobaridan oshsa, bu summa to‘lovchining arizasi bo‘yicha 3 yilga taqsimlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14-modda. Fuqarolar tomonidan yillik jami daromadni deklaratsiyada ifoda etish va yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Amalda olingan daromadlar va qilingan sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiya fuqarolar tomonidan o‘zlarining doimiy yashash joylaridagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechikmay taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq soliq to‘lagan fuqaro deklaratsiya taqdim etishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti yil davomida ushbu Qonunning 15-moddasida aytib o‘tilgan daromad manbalari paydo bo‘lib qolgudek bo‘lsa, fuqarolar bunday manbalar paydo bo‘lgan kundan bir oy o‘tganidan keyin besh kunlik muddat ichida deklaratsiya topshiradilar. Deklaratsiyada birinchi oydagi faoliyat natijasida olgan daromadlarining miqdori va joriy yilning oxirigacha olinishi kutilayotgan daromad miqdori ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromad manbai joriy yilning oxiriga qadar to‘xtagan taqdirda u to‘xtagan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida deklaratsiya taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiya fuqarolar bir yil davomida olgan barcha daromadlarini, bu daromadlarning manbalari hamda hisoblab chiqarilgan va to‘langan soliq summalarini ko‘rsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 12, 13 va 15-moddalarida nazarda tutilgan soliq solinadigan daromadlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyada alohida ifoda etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soliq solinadigan yillik jami daromad bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi va yil davomida o‘tkazilgan soliq summalari o‘rtasidagi farq hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, yil davomida qayta hisoblab chiqilgan taqdirda esa soliq organiga deklaratsiya topshirilgan kundan e’tiboran ikki oylik muddat ichida fuqarolar tomonidan to‘lanishi yoki soliq organlari tomonidan fuqarolarga qaytarilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
998-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 14-modda)