Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.02.1991 yildagi 223-XII-son
Kuchga kirish sanasi
01.03.1991
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 03.07.1992 sanasi holatiga | Hujjat 18.05.2022 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
OʻZBEKISTON respublikasiDA JAMOAT BIRLASHMALARI TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON respublikasiDA JAMOAT BIRLASHMALARI TOʻGʻRISIDA |
Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Umumiy deklaratsiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qoʻyiladi. | Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Umumiy deklaratsiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qoʻyiladi. |
I BOB. UMUMIY QOIDALAR | I BOB. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi | 1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi |
Oʻz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda roʻyobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. | Oʻz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda roʻyobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. |
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy, fizkultura-sport va boshqa koʻngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, fondlar, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi. | Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa koʻngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb eʼtirof etiladi. |
Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan yoki boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga koʻmaklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, hududiy jamoat oʻzini oʻzi boshqarish idoralariga (mikrorayonlar kengashlari va qoʻmitalariga, mahalla, uy, koʻcha, kvartal, posyolka, qishloq qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarga) tashabbuskor jamoat idoralari (xalq drujinalari, oʻrtoqlik sudlari va boshqalarga) nisbatan amal qilmaydi, ularning tuzilishi va faoliyati tartibi boshqa qonunlarda belgilab beriladi. | Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga koʻmaklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat koʻrsatish tartibi boshqa qonunchilik bilan belgilanadigan oʻzga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunlari | 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchiligi |
Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunlari jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunidan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchiligi jamoat birlashmalarining huquqiy holati asoslarini belgilab beradigan ushbu Qonundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunidan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi. |
3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishdan koʻzda tutilgan maqsad | 3-modda. Jamoat birlashmalarini tuzishdan koʻzda tutilgan maqsad |
Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni roʻyobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-maʼrifiy, fizkultura-sogʻlomlashtirish va sport ishlarini oʻtkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar oʻrtasida tinchlik va doʻstlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi. | Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni roʻyobga chiqarish va himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish; kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar oʻrtasida tinchlik va doʻstlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi. |
Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni gʻayriqonuniy yoʻl bilan oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini koʻzlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yoʻl qoʻymaydi. | Faoliyati jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni gʻayriqonuniy yoʻl bilan oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar qilish maqsadini koʻzlaydigan jamoat birlashmalarining tuzilishiga yoʻl qoʻymaydi. |
Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura boʻlaklari tashkil etish taqiqlanadi. | Harbiylashtirilgan jamoat birlashmalari va qurolli tuzilmalar, shuningdek diniy xarakterga ega partiyalar, ularning filiallari va boshqa struktura boʻlaklari tashkil etish taqiqlanadi. |
Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yoʻl bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega boʻlganlarga nisbatan gʻayridemokratik tarzda kuch ishlatib tazyiq oʻtkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik usulda hal etish bahonasi bilan tazyiq oʻtkazishga boʻlgan har qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi. | Jamoat birlashmalari va ularning idoralari tomonidan qonuniy va demokratik yoʻl bilan shakllantirilgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda hokimiyat vakolatlariga ega boʻlganlarga nisbatan gʻayridemokratik tarzda kuch ishlatib tazyiq oʻtkazish taqiqlanadi. Qonuniy ravishda amal qilib turgan hokimiyat va boshqaruv idoralari hamda mansabdor shaxslarga demokratik usulda hal etish bahonasi bilan tazyiq oʻtkazishga boʻlgan har qanday urinishga Qonun bilan barham beriladi. |
Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq taʼqib qilinadi. | Aholining salomatligi va axloqiga, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga tajovuz qiladigan jamoat birlashmalarini tuzish va ularning faoliyati qonunga muvofiq taʼqib qilinadi. |
4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari | 4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari |
Jamoat birlashmalari oʻz aʼzolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. | Jamoat birlashmalari oʻz aʼzolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi. |
Barcha jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida, boshqa hujjatlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish koʻradilar. | Barcha jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish koʻradilar. |
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos boʻla olmaydi. | Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda koʻzda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos boʻla olmaydi. |
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta qildirish toʻgʻrisidagi qonunlar jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. | Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy taʼminoti va ijtimoiy sugʻurta qildirish toʻgʻrisidagi qonunchilik jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. |
5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari | 5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari |
Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular oʻz ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi. | Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular oʻz ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi. |
Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va maʼnaviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi. | Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va maʼnaviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi. |
Qonunda koʻzda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Qonunda koʻzda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Siyosiy partiyalar tashkilotlari, boshqa jamoat birlashmalari faoliyati ular aʼzolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan boʻsh vaqtida va mazkur birlashmalar mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlari faoliyatining davlat tomonidan moliyaviy taʼminlanishi taqiqlanadi, xalq deputatlari saylovi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq saylov kompaniyalarini, xalq ovoz berishini pul bilan taʼminlash hollari bundan mustasnodir. Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi. | Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular aʼzolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan boʻsh vaqtida va mazkur birlashmalar mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi. Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi. |
6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari | 6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari |
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari jumhuriyat jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda jumhuriyat siyosiy-partiyasi yoki kasaba uyushmasining kamida uch ming aʼzosi boʻlishi kerak. | Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari jumhuriyat jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda siyosiy partiyaning kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming, kasaba uyushmasining esa, kamida uch ming aʼzosi boʻlishi kerak. |
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi. | Viloyat, nohiya, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi. |
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa butun shahar hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari viloyat, Toshkent shahar jamoat birlashmalariga kiradi. | Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa butun shahar hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari viloyat, Toshkent shahar jamoat birlashmalariga kiradi. |
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun nohiya (shahar) hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari nohiya (shahar) jamoat birlashmalariga kiradi. | Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun nohiya (shahar) hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari nohiya (shahar) jamoat birlashmalariga kiradi. |
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi. | Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi. |
Zarurat paydo boʻlgan hollarda viloyatlararo va nohiyalararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin. | Zarurat paydo boʻlgan hollarda viloyatlararo va nohiyalararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin. |
7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari | 7-modda. Jamoat birlashmalarining ittifoqlari |
Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar. | Jamoat birlashmalari ixtiyoriylik asosida jamoat birlashmalarining ittifoqlariga uyushishga haqlidirlar. |
Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat birlashmalari uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va oʻz faoliyatini toʻxtatadi. | Jamoat birlashmalarining ittifoqlari ushbu Qonunda jamoat birlashmalari uchun belgilab qoʻyilgan tartibda tuziladi, amal qiladi va oʻz faoliyatini toʻxtatadi. |
II BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING TUZILISHI VA ULAR FAOLIYATINING TOʻXTATILISHI | II BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING TUZILISHI VA ULAR FAOLIYATINING TOʻXTATILISHI |
8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish | 8-modda. Jamoat birlashmalarini tuzish |
Jamoat birlashmasi kamida oʻn nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi. | Jamoat birlashmasi kamida oʻn nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi. |
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari taʼsis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yigʻilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, oʻzga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi. | Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari taʼsis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yigʻilishini chaqiradilar, unda ustav (nizom, oʻzga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi. |
9-modda. Jamoat birlashmasiga aʼzolik | 9-modda. Jamoat birlashmasiga aʼzolik |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari) boʻladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning birlashmaga aʼzo boʻlishlari koʻzda tutilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari) boʻladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning birlashmaga aʼzo boʻlishlari koʻzda tutilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining aʼzolari boʻlishlari mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining aʼzolari boʻlishlari mumkin. |
Bir siyosiy partiyaning aʼzosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi boʻla olmaydi. | Bir siyosiy partiyaning aʼzosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi boʻla olmaydi. |
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida koʻzda tutilgan hollarda jamoa aʼzolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin. | Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida koʻzda tutilgan hollarda jamoa aʼzolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin. |
10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi | 10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi |
Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar koʻzda tutilishi kerak: | Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar koʻzda tutilishi kerak: |
1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi; | 1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi; |
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hudud; | 2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hudud; |
3) jamoat birlashmasi aʼzoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma roʻyxatda qayd etiladigan aʼzolarga ega boʻlsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi; | 3) jamoat birlashmasi aʼzoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma roʻyxatda qayd etiladigan aʼzolarga ega boʻlsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi; |
4) jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari; | 4) jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari)ning huquqlari va burchlari; |
5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati; | 5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati; |
6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan taʼminlanish manbalari; | 6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablagʻlari va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan taʼminlanish manbalari; |
7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi; | 7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi; |
8) jamoat birlashmasi ustaviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish tartibi; | 8) jamoat birlashmasi ustaviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish tartibi; |
9) jamoat birlashmasi faoliyatini toʻxtatish tartibi. | 9) jamoat birlashmasi faoliyatini toʻxtatish tartibi. |
Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham koʻzda tutilishi mumkin. | Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham koʻzda tutilishi mumkin. |
Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunlarga zid boʻlmasligi kerak. | Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunchilikka zid boʻlmasligi kerak. |
11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish | 11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish |
Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. | Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatga olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatga olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi. |
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. | Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. |
Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi aʼzolari tomonidan imzolangan va shu aʼzolar har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, istiqomat joyi koʻrsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish protokoli, ushbu Qonunning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi. | Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi aʼzolari tomonidan imzolangan va shu aʼzolar har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, istiqomat joyi koʻrsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish protokoli, ushbu Qonunning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi. |
Ustavni roʻyxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi. | Ustavni roʻyxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. |
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan oʻzgarishlar, qoʻshimchalar ham ustavlarni roʻyxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq roʻyxatga olinishi lozim. | Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan oʻzgarishlar, qoʻshimchalar ham ustavlarni roʻyxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq roʻyxatga olinishi lozim. |
Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar roʻyxatini tuzib boradilar. | Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar roʻyxatini tuzib boradilar. |
Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari roʻyxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda oʻz faoliyatlarini amalga oshiradilar va grajdanlik qonunlariga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin. | Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari roʻyxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda oʻz faoliyatlarini amalga oshiradilar va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin. |
Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning boʻlinmalarining filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq boʻlinmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylaridagi idoralarida oʻz ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazmagan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning boʻlinmalarining filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq boʻlinmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylaridagi idoralarida oʻz ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazmagan boʻlsalar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Jamoat birlashmasi ustavini, keyin unga kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kabineti, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olish haqi undiriladi. | Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji undiriladi. |
12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olishni rad etish | 12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olishni rad etish |
Ustavni roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi koʻrsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. | Ustavni roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunchilik qoidalariga zid ekanligi koʻrsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. |
Jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish Oʻzbekiston Respublikasi grajdanlik protsessual qonunida koʻzda tutilgan tartibda qarab chiqiladi. | Jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida koʻzda tutilgan tartibda qarab chiqiladi. |
Xalqaro, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini roʻyxatdan oʻtkazish ishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin. | Xalqaro, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini roʻyxatdan oʻtkazish ishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin. |
13-modda. Jamoat birlashmalarining ramzlari | 13-modda. Jamoat birlashmalarining ramzlari |
Jamoat birlashmalari ramz sifatida oʻz timsoliga, bayrogʻiga va vimpeliga ega boʻlishi mumkin. | Jamoat birlashmalari ramz sifatida oʻz timsoliga, bayrogʻiga va vimpeliga ega boʻlishi mumkin. |
Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat birlashmalarining timsollari va vimpellari ushbu Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarni targʻib etishga xizmat qilmasligi kerak. | Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat birlashmalarining timsollari va vimpellari ushbu Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarni targʻib etishga xizmat qilmasligi kerak. |
Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. | Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. |
14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining toʻxtatilishi | 14-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatining toʻxtatilishi |
Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qoʻshilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. | Jamoat birlashmalarining faoliyati ularni qayta tashkil etish (qoʻshilish, birlashish, ajralish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. |
Jamoat birlashmalari ularning syezdlari (konferensiyalari) yoki umumiy yigʻilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan soʻng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida koʻzda tutilgan tartibda roʻyxatga olinadi. | Jamoat birlashmalari ularning syezdlari (konferensiyalari) yoki umumiy yigʻilishlari qarori bilan qaytadan tashkil etiladi. Jamoat birlashmalarini qayta tashkil etgandan soʻng yangidan tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 11-moddasida koʻzda tutilgan tartibda roʻyxatga olinadi. |
Jamoat birlashmasi syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida koʻzda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi. | Jamoat birlashmasi syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq, yoxud ushbu Qonunning 22-moddasida koʻzda tutilgan asoslarga muvofiq va tartibda tugatiladi. |
Syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida koʻzda tutilgan maqsad yoʻlida sarflanadi. | Syezd (konferensiya) yoki umumiy yigʻilish qaroriga muvofiq tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki uning ustavida koʻzda tutilgan maqsad yoʻlida sarflanadi. |
Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish yoki toʻxtatib turish “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. | |
III BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING SHART-SHAROITLARI | III BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING SHART-SHAROITLARI |
15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari | 15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari |
Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar. | Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar. |
Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi. | Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi. |
Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun oʻz maqsadlari va faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunda koʻzda tutilgan xollarda va tartibda esa: | Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun oʻz maqsadlari va faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunchilikda koʻzda tutilgan xollarda va tartibda esa: |
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi; | davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi; |
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi; | davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi; |
davlat va jamoat idoralarida oʻz aʼzolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; | davlat va jamoat idoralarida oʻz aʼzolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; |
ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa Qonun hujjatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham oʻzga qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. | ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham oʻzga qonunchiligida koʻzda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. |
16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari | 16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari |
Partiyalar oʻz aʼzolarining siyosiy irodasini ifodalab, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzimida ishtirok etishni, shuningdek xalq deputatlari Sovetlariga saylangan oʻz vakillari orqali hokimiyat idoralari faoliyatida qatnashishni asosiy vazifa qilib qoʻyadilar. | Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini roʻyobga chiqarishga intiladi hamda oʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi. |
Partiyalarning dasturiy hujjatlari boʻladi, ular ommaning eʼtibori uchun matbuotda eʼlon qilinadi. | Partiyalarning dasturiy hujjatlari boʻladi, ular ommaning eʼtibori uchun matbuotda eʼlon qilinadi. |
Partiyalar xalq deputatligiga nomzodlar koʻrsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, xalq deputatlari tegishli Sovetlarida oʻz tarafdori boʻlgan deputatlar guruhlarini tuzish huquqiga egadirlar. | Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar koʻrsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida fraksiyalar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir. |
Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki oʻzga maqsadlarni koʻzlaydilar hamda ularning roʻyxatga olingan aʼzolari boʻlmaydi. | Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki oʻzga maqsadlarni koʻzlaydilar hamda ularning roʻyxatga olingan aʼzolari boʻlmaydi. |
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar oʻz xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bogʻliq boʻlmaydilar. | Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar oʻz xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bogʻliq boʻlmaydilar. |
Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xoʻjalik tashkilotlari, kooperativ va oʻzga jamoat birlashmalari bilan oʻzaro munosabatlarda kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq kasaba uyushmasi aʼzolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini koʻzlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi. | Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xoʻjalik tashkilotlari, kooperativ va oʻzga jamoat birlashmalari bilan oʻzaro munosabatlarda kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi aʼzolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini koʻzlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi. |
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda roʻyxatga olinadigan aʼzolari boʻladi. | Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda roʻyxatga olinadigan aʼzolari boʻladi. |
17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati | 17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati |
Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qoʻyiladigan tartibda ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadilar hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega boʻlgan korxonalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar. | Jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan tartibda ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadilar hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega boʻlgan korxonalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar. |
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar aʼzolari (qatnashchilari) oʻrtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari oʻz mablagʻlaridan hatto oʻz ustavida koʻrsatilmagan boʻlsa ham, xayriya maqsadlari yoʻlida foydalanishlariga yoʻl qoʻyiladi. | Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar aʼzolari (qatnashchilari) oʻrtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari oʻz mablagʻlaridan hatto oʻz ustavida koʻrsatilmagan boʻlsa ham, xayriya maqsadlari yoʻlida foydalanishlariga yoʻl qoʻyiladi. |
Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda budjetga pul oʻtkazadilar. | Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda budjetga pul oʻtkazadilar. |
18-modda. Jamoat birlashmalari mulki | 18-modda. Jamoat birlashmalari mulki |
Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun moʻljallangan mulklarga, pul mablagʻiga, aksiyalarga, boshqa qimmatbaho qogʻozlarga hamda ularning ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy taʼminlash uchun zarur boʻlgan oʻzga mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. Birlashmalarning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablagʻi hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya, muassasalari jamoat birlashmalarining mulki boʻlishi mumkin. | Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlari uchun moʻljallangan mulklarga, pul mablagʻiga, aksiyalarga, boshqa qimmatli qogʻozlarga hamda ularning ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy taʼminlash uchun zarur boʻlgan oʻzga mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk obyektlariga egalik qilishlari mumkin. Birlashmalarning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablagʻi hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya muassasalari jamoat birlashmalarining mulki boʻlishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining ham qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin. |
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari, agar ustavda koʻzda tutilgan boʻlsa, birlashmaga kirish va aʼzolik badallarini toʻlashdan; ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq oʻtkazilgan leksiyalar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi. | Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari, agar ustavda koʻzda tutilgan boʻlsa, birlashmaga kirish va aʼzolik badallarini toʻlashdan; ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq oʻtkazilgan leksiyalar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi. |
Siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy jamoat harakatlarining diniy tashkilotlardan, chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan moliyaviy va oʻzga yordam olishi man etiladi, ulardan tushgan mablagʻlarni esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat foydasiga oʻtkazib yuboradi. | Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi koʻrsatilgan shaxslardan moliyaviy va oʻzgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablagʻlar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. |
Siyosiy partiyalar oʻz budjetlarini ommaning eʼtibori uchun har yili eʼlon qiladilar. | Siyosiy partiyalar oʻz budjetlarini ommaning eʼtibori uchun har yili eʼlon qiladilar. |
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. | Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. |
Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qoʻshilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qoʻyiladi. | Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qoʻshilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qoʻyiladi. |
19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati | 19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati |
Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini taʼsis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidirlar. Siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy jamoat harakatlar diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan kelib tushgan mablagʻlar evaziga noshirlik faoliyatini yuritishga va matbaa nashrlarini taʼmin etishga haqli emas. IV BOB. JAMOAT BIRLASHMALARI FAOLIYATINI NAZORAT QILISH. QONUNNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK | Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini taʼsis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidirlar. IV BOB. JAMOAT BIRLASHMALARI FAOLIYATINI NAZORAT QILISH. QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK |
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish | 20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish |
Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablagʻ bilan taʼminlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablagʻ miqdorini va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq soliq toʻlanishini nazorat qilib boradilar. | Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablagʻ bilan taʼminlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablagʻ miqdorini va soliqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlanishini nazorat qilib boradilar. |
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar. | Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar. |
Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Roʻyxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari oʻtkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun oʻz vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi aʼzolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir. | Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Roʻyxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari oʻtkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun oʻz vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi aʼzolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir. |
21-modda. Javobgarlik asoslari | 21-modda. Javobgarlik asoslari |
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunni buzish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, maʼmuriy, moddiy yoki oʻzga javobgarlikka sabab boʻladi. | Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, maʼmuriy, moddiy yoki oʻzga javobgarlikka sabab boʻladi. |
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi Qonunni buzganlik uchun bu ishda aybdor boʻlgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar boʻladilar. | Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun bu ishda aybdor boʻlgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar boʻladilar. |
Jamoat birlashmasi, shu jumladan oʻz ustavini roʻyxatdan oʻtkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar boʻladi. | Jamoat birlashmasi, shu jumladan oʻz ustavini roʻyxatdan oʻtkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar boʻladi. |
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin. | Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin. |
22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish | 22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish |
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin. | Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin. |
Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin. | Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin. |
Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin. | Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin. |
Xalqaro jamoat birlashmalari, uning boʻlinmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. | Xalqaro jamoat birlashmalari, uning boʻlinmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. |
Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. | Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. |
V BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING XALQARO ALOQALARI. XALQARO JAMOAT BIRLASHMALARI, XALQARO SHARTNOMALAR | V BOB. JAMOAT BIRLASHMALARINING XALQARO ALOQALARI. XALQARO JAMOAT BIRLASHMALARI, XALQARO SHARTNOMALAR |
23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari | 23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari |
Jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va oʻz ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qoʻshilishi, bevosita xalqaro aloqalar oʻrnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin. | Jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oʻz ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qoʻshilishi, bevosita xalqaro aloqalar oʻrnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin. |
24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari | 24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari |
Agar Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan koʻproq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb eʼtirof etiladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan koʻproq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb eʼtirof etiladi. |
Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv aʼzo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi kerak. | Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv aʼzo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatga olinishi kerak. |
Oʻz faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan ustavini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. | Oʻz faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan ustavini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. |
Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining oʻzga turlarini maqsad qilib qoʻygan jamoat birlashmalari qonunda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. | Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining oʻzga turlarini maqsad qilib qoʻygan jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. |
Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlimlari (filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari) faoliyatiga nisbatan qoʻllanadi. | Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlimlari (filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari) faoliyatiga nisbatan qoʻllanadi. |
25-modda. Xalqaro shartnomalar | 25-modda. Xalqaro shartnomalar |
Agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomadagi qoidalar qoʻllanadi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomadagi qoidalar qoʻllanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1991-yil 15-fevral, | 1991-yil 15-fevral, |
223-XII-son | 223-XII-son |