05.05.1994 yildagi 1042-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.05.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DOʻSTLIK” ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Doʻstlik” ordeni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doʻstlik” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doʻstlik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1042-XII-son

1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Doʻstlik” ordeni toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. “Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, Oʻzbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan doʻstlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Doʻstlik” ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining oʻttiz karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Doʻstlik” ordeni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Doʻstlik” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Doʻstlik” ordenining tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Doʻstlik” ordeni dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi. Orden biroz boʻrtma, moviy emal bilan qoplangan sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, uning burchaklari orasidan yoyma nurlar taralib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sakkiz qirrali yulduzning va tillarang nurlarning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetrdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning markazida, diametri 14 millimetrli doira ichida qoʻl-qoʻlga berib turilgani doʻstlik ramzi sifatida tasvirlangan. Bu doira moviy fondagi oʻn ikkita besh qirrali yulduzlar jo boʻlgan, kengligi 5 millimetrli birinchi aylana bilan hamda yuqori qismiga yoqut rang emal bilan qoplangan “DOSTLIK” degan yozuv, pastki qismiga esa dafna barglari tushirilgan, kengligi 5 millimetrli ikkinchi aylana bilan hoshiyalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning qalinligi 3 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden rangli yoʻl-yoʻl shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Qizil, toʻqsariq, yashil, koʻk yoʻllarining eni 5 millimetrdan. Rangdor yoʻllar bir-biridan eni 1,3 millimetrli oq yoʻl bilan ajralib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 45 millimetrdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orden toʻgʻnogʻich bilan taqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 117-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)