O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning balog‘at yoshiga yetmaganlarni ular doimiy yashaydigan davlatlarga qaytarish masalalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida 2002-yil 7-oktabrda Kishinev shahrida imzolangan Bitim;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida 2006-yil 25-mayda Dushanbe shahrida imzolangan Shartnoma.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-yanvar,
PQ-566-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 3-son, 25-modda)