10.01.2007 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.01.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

KIOTO PROTOKOLINING MUSAFFO RIVOJLANISH MEXANIZMI DOIRASIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-yanvardagi 9-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan, xorijiy investorlarni jalb etgan holda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokoli — Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasi bilan 1997-yil 11-iyulda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1999-yil 12-oktabrda ratifikatsiya qilingan va 2005-yil 16-fevraldan boshlab kuchga kirgan, parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi (keyingi oʻrinlarda MRM deb ataladi) — unga koʻra Kioto Protokoliga 1-ilovaga kirmagan mamlakatlar oʻz hududida parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishi va bunday loyihalar natijasida olingan chiqindilar chiqarish qisqartirishlarini Kioto Protokoli 1-ilovasiga kirgan mamlakatlar hukumatlariga yoki kompaniyalariga yoxud chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishdan manfaatdor boʻlgan har qanday tashkilotlarga sotish mumkin boʻlgan mexanizm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musaffo rivojlanish mexanizmi tartibotlari (keyingi oʻrinlarda MRM tartibotlari deb ataladi) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining MRM boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasi tegishli hujjatlari bilan belgilangan tartibotlar, mezonlar va talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Idoralararo kengash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Milliy organ (keyingi oʻrinlarda MRM Milliy organi deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining MRM boʻyicha iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasining Ijro etuvchi kengashi (keyingi oʻrinlarda IOʻHKning Ijro etuvchi kengashi deb ataladi) — Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi Hadli Konvensiyasi huzuridagi MRM loyihalarini roʻyxatdan oʻtkazish va chiqindilar chiqarishni qisqartirishni sertifikatlash organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli operativ organ — IOʻHK Ijro etuvchi kengashida roʻyxatdan oʻtgan, tavsiya etilayotgan loyihalarning MRM tartibotlariga muvofiqligini tasdiqlashga, loyihalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun IOʻHK Ijro etuvchi kengashiga taqdim etishga, loyihani amalga oshirish vaqtida chiqindilar chiqarishning haqiqatdan oʻzgarganini tasdiqlashga hamda qisqartirilgan chiqindilarni sertifikatlash uchun IOʻHK Ijro etuvchi kengashiga buyurtmanomalar berishga vakil qilingan akkreditatsiya etilgan mustaqil tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karbon jamgʻarmalari — MRM loyihalarini tayyorlashda va amalga oshirishda, shuningdek chiqindilarning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotishda xizmatlar koʻrsatishga vakil qilingan xalqaro va xususiy tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parnik gazi — Kioto Protokoli bilan nazorat qilinadigan gazlar guruhlaridan biri — CO2, CH4, N2O, HFC5, PFC5, va SF6;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindilarni sertifikatlangan qisqartirish — (keyingi oʻrinlarda CHSQ deb ataladi) — MRM investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida olingan va IOʻHKning Ijro etuvchi kengashida sertifikatlashdan oʻtgan, uglerod ikki oksidi ekvivalentining bir metr tonnasiga teng boʻlgan birliklarda oʻlchanadigan chiqindilarning miqdoriy qisqartirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-texnik hujjatlar — (keyingi oʻrinlarda LTH deb ataladi) — MRM shartlari va mezonlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan, MRM boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishning texnik, tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish va moliya-iqtisodiy yechimlarini belgilaydigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MRM boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga doir takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Loyiha boʻyicha buyurtmanomani tayyorlash va maʼqullash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza kiritiladi, arizaga MRM boʻyicha nazarda tutilayotgan investitsiya loyihasi toʻgʻrisidagi umumiy axborot ilova qilinadi (keyingi oʻrinlarda loyiha boʻyicha buyurtmanoma deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyiha boʻyicha buyurtmanoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishiladi va u (biroq shu bilan cheklanmagan holda) ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan axborotdan iborat boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, loyiha boʻyicha buyurtmanomaga kiritish uchun MRM Milliy organi tomonidan loyiha boʻyicha qoʻshimcha axborot va hujjatlar soʻrab olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. MRM Milliy organi loyiha boʻyicha buyurtmanoma taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda loyihani MRM doirasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq Barqaror rivojlanish milliy mezonlariga muvofiq amalga oshirish mumkinligini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihani MRM doirasida amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisidagi masala ijobiy koʻrib chiqilgan taqdirda MRM Milliy organi ushbu Nizomning V boʻlimiga muvofiq Idoralararo kengashga loyiha boʻyicha buyurtmanomani maʼqullash uchun loyihani amalga oshirish mexanizmi boʻyicha xulosa hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash boʻyicha tanlov hujjatlariga asosiy talablar bilan birga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo kengash taklifni taqdim etilgan hujjatlar asosida koʻrib chiqadi va loyihani amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida yoxud loyihani puxtalashtirish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Idoralararo kengash tomonidan, zarurat boʻlganda, ayni bir vaqtda investor tanlash boʻyicha tanlov komissiyasi tarkibi, tanlovni oʻtkazish muddatlari va loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash boʻyicha tanlov hujjatlariga talablar tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo kengash tomonidan loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda MRM Milliy organi uch kun muddatda loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda xabardor qiladi, xabarnomada loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan mexanizmini hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash boʻyicha tanlov hujjatlariga asosiy talablarni koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Loyihani Karbon jamgʻarmalari yoki Xalqaro moliya institutlari orqali amalga oshirish mexanizmini tanlashda loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash, investorlarni, vakolatli operativ organlarni va chiqindilarning sertifikatlangan qisqartirishlari xaridorlarini tanlash tegishli Karbon jamgʻarmalari yoki Xalqaro moliya institutlari tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bundan qatʼi nazar, MRM loyihalari ushbu Nizomning 13—18-bandlariga muvofiq kelishib olinishi va maʼqullanishi kerak, investorni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi shartlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. MRM Milliy organi tomonidan tanlov asosida tanlab olish zarurligi koʻrsatilgan taqdirda loyiha tashabbuskori loyihani amalga oshirish uchun Idoralararo kengash tomonidan belgilanadigan muddatlar va talablarga muvofiq investor tanlash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investorlarni tanlash boʻyicha tanlovlar qatnashchilari soniga nisbatan cheklashlar belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash va maʼqullash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ikkinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza kiritiladi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzokaralar davomida erishilgan dastlabki va yakuniy qiyosiy jadvallar, loyiha tashabbuskori tomonidan tanlangan taklif koʻrsatilgan holdagi tanlov qatnashchilari takliflari. Qiyosiy jadvalda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun loyiha tashabbuskori javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MRM tartibotlariga muvofiq ishlab chiqilgan rus va ingliz tillaridagi loyiha-texnik hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning oylar boʻyicha jadvali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya xizmati markazining loyiha boʻyicha ijobiy xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining loyiha boʻyicha ijobiy ekologik xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, MRM Milliy organi tomonidan loyiha tashabbuskoridan va tanlov qatnashchilaridan qoʻshimcha ravishda maʼlumotlar va hujjatlar soʻrab olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashabbuskor tomonidan ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda MRM Milliy organi taqdim etilgan LTHning MRM mezonlariga va tartibotlariga hamda ushbu Nizomning V boʻlimiga muvofiqligini koʻrib chiqadi, Idoralararo kengashga tegishli xulosani koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Idoralararo kengash tomonidan loyihani baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning ekologiya talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik asbob-uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo kengash ikki hafta muddatda takliflarni taqdim etilgan hujjatlar asosida koʻrib chiqadi va loyihani amalga oshirishning mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. MRM boʻyicha loyiha amalga oshirilishi moʻljallanayotgan investitsiya loyihasiga qoʻshimcha deb hisoblangan taqdirda asosiy investitsiya loyihasini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish tartibi ana shunday loyihalar uchun tatbiq etiladigan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy investitsiya loyihasi boʻyicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash tasdiqlangungacha yoxud Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro moliya institutlari oʻrtasida oʻzaro hamfikrlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangungacha loyiha boʻyicha buyurtmanoma berish bosqichida MRM boʻyicha loyiha komponentini amalga oshirish yuzasidan Idoralararo kengashning ijobiy qarorini olish zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy loyiha boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslash uzil-kesil tasdiqlangungacha loyiha-texnik hujjatlar bosqichida MRM boʻyicha loyiha komponentini amalga oshirish yuzasidan Idoralararo kengashning ijobiy qarori olinishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori MRM boʻyicha loyiha IOʻHK Ijro etuvchi kengashida maʼqullangandan keyin qabul qilinadi. Bunda, istisno hollarda, Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda asosiy investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorining MRM loyihasi boʻyicha LTH Vakolatli operativ organ tomonidan tasdiqlangandan keyin qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. MRM loyihalarini tasdiqlash tartiboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo kengashning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda MRM Milliy organi loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda xabardor qiladi va IOʻHK Ijro etuvchi kengashiga loyiha boʻyicha maʼqullash xati joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. MRM Milliy organidan maʼqullash xati olingandan keyin MRM loyihasi tashabbuskori validatsiya (loyihani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror) qilish va keyinchalik loyihani IOʻHK Ijro etuvchi kengashida MRM tartibotlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli Vakolatli organni tanlash boʻyicha masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Loyiha-texnik hujjatlar ekspertizadan ijobiy oʻtkazilganda va Vakolatli operativ organ tomonidan tasdiqlanganda loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga MRM loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. MRM loyihasi tashabbuskori, shuningdek chiqindilar chiqarishning kamayishi monitoringi, MRM talablariga muvofiq chiqindilar chiqarishning qisqarishini tasdiqlash va sertifikatlash boʻyicha tadbirlarning bajarilishi uchun javob beradi. Loyiha tashabbuskori MRM Milliy organiga loyihani amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida har chorakda axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Idoralararo kengash ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Idoralararo kengash majlislari zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Idoralararo kengash kotibiyati majlisdan oldin ikki haftadan kechikmay uning oʻtkazilish sanasi va vaqti toʻgʻrisida, Idoralararo kengashning har bir aʼzosi uchun majlis materiallarini taqdim qilgan holda, rasmiy ravishda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni Idoralararo kengash raisi oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Idoralararo kengash aʼzolari 10 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha oʻz sharhlarini Kengash kotibiyatiga topshiradilar. Kotibiyat sharhlarni umumlashtiradi va Idoralararo kengash majlisiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Idoralararo kengash majlisi unda aʼzolarining kamida yarmi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda majlis boshqa kunga koʻchiriladi. Idoralararo kengash aʼzolari uning majlislarida shaxsan qatnashishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislariga loyiha tashabbuskorlari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Idoralararo kengash qarorlari uning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq usulda oʻtkaziladi. Idoralararo kengashning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Majlislar qarorlari protokol bilan rasmiylashtiriladi. Protokolda oʻtkazilgan majlisning joyi va vaqti, kun tartibi, raislik qiluvchi, kotib, Idoralararo kengashning qatnashgan aʼzolari, tashabbuskorlar, ular tavsiya qilgan loyiha toʻgʻrisidagi axborot, Idoralararo kengashning koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha qarori va xulosalari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha moʻljallanayotgan investitsiya loyihasi toʻgʻrisidagi loyiha boʻyicha buyurtmanomadagi axborotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Loyihaning maqsadi, faoliyat sohasi va turi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mulkchilik shakllari koʻrsatilgan holda, loyiha qatnashchilari toʻgʻrisidagi mufassal axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektning joylashgan joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mavjud faoliyat toʻgʻrisida axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyihaning mufassal tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boshlangʻich sharoitlarda (MRM loyihasi amalga oshirilmasdan) parnik gazlari chiqindilarining har yilgi qadimgi va hisoblangan hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Foydalanish uchun rejalashtirilayotgan texnologiyalar va asbob-uskunalar toʻgʻrisida axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyihaning, asbob-uskunalarning va qoʻshimcha investitsiyalarga boʻlgan ehtiyojning moʻljallanayotgan umumiy qiymati toʻgʻrisida axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyihani amalga oshirishning dastlabki reja-jadvali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Parnik gazlari chiqindilarini qisqartirishning kutilayotgan hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyihaning iqtisodiy samaradorligi boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar, loyihani amalga oshirishning ekologik va ijtimoiy samaralari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan manbalari va mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Loyihaning Barqaror rivojlanish milliy mezonlariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha investitsiya loyihalariga nisbatan qoʻllanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy mezonlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ishlab chiqarish samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologik mezonlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xom ashyodan takroriy foydalanishga va/yoki tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy mezonlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ish bilan bandligining oʻsishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sogʻligʻini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini qondirishi shart emas, lekin koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 15-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)