Oʻzbekiston RespUblikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTONDA XIZMAT KOʻRSATGAN ChORVADOR” FAXRIY UNVONINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 26-apreldagi 227-I-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-avgustdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati koʻkrakka taqiladigan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” nishonining tasviri va tavsifi ikki oylik muddat ichida ishlab chiqilishini taʼminlasin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
koʻkrakka taqiladigan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador” nishoni tayyorlanishini taʼminlasin;
chorvachilik xodimlarining ishlab chiqarishning oʻta mashaqqatli tarmoqlarida mashgʻul boʻlgan ayrim toifalari uchun imtiyozlar belgilash toʻgʻrisidagi masalani qarab chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
876-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 260-modda)