Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida hukumat aloqasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida 2006-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisida 2006-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida 2007—2011-yillarda iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisida 2006-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Shartnoma.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-yanvar,
PQ-557-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 7-modda)