Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1651
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Qarori, 29.12.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1651
Kuchga kirish sanasi
08.01.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASI TOMONIDAN ANIQLANGAN DAVLATNING IQTISODIY MANFAATLARIGA YETKAZILGAN ZARAR SUMMALARINI DAVLAT BUDJETI DAROMADIGA YOʻNALTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-dekabrda 1651-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasining 2019-yil 28-noyabrdagi 109, 2019-61, 13/1-1601-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1651-2, 11.12.2019-y.) asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning ijrosi yuzasidan nazoratni oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi raisi B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-133-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Hisob palatasi tomonidan 2006-yil 11-dekabrdagi 101, 2006-52, 11-133-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son “Tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi), davlat boshqaruv organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) tomonidan ularga berilgan vakolatlarga muvofiq aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda qoʻllanadigan asosiy tushunchalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish obyekti — belgilangan tartibda Hisob palatasining Nazorat ishlari dasturiga kiritilgan budjet tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan ularning filiallari va vakolatxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining nazorat tadbiri — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga (bundan buyon matnda davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalar deb yuritiladi) tushumlarni toʻliqligi, maqsadli va samarali shakllanishi va ijro etilishini, shuningdek davlat mablagʻlari sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tekshirish obyektlarining buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishning yigʻma dalolatnomasi — Hisob palatasi inspektorlari tomonidan tuziladigan nazorat tadbiri natijalarini umumlashtiradigan hujjat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining koʻrsatmasi — Hisob palatasining ijro etish majburiy boʻlgan qarori turi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonun hujjatlarini buzishlarni bartaraf etish tadbirlari roʻyxatini oʻz ichiga olib, tekshirish obyektiga va/yoki uning tegishli yuqori davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga, shuningdek qonun hujjatlariga binoan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirishni amalga oshirish vakolati yuklatilgan davlat organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisob palatasi oʻz faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hisob palatasining tekshirishlari Hisob palatasining raisi, u boʻlmagan taqdirda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadigan Hisob palatasining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat tadbiri oʻtkazilayotganda Hisob palatasi tomonidan Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nazorat tadbirlarining yillik dasturlari asosida tekshirishlarni amalga oshirayotganda Hisob palatasi vazirlik va idoralarning masʼul xodimlarini, shuningdek malakali mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda huquqbuzarliklarning turi va xususiyatini, huquqbuzarliklarning sabablarini aniqlaydi hamda ularni bir tizimga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan, davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari boʻlib hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlanishi kerak boʻlgan, amalda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarga toʻlanmagan soliqlar va majburiy toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kiritilishi lozim boʻlgan, lekin Davlat budjetiga kiritilmagan bojxona toʻlovlari summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narx va tariflarning davlat tomonidan tartibga solinishi boʻyicha qonun hujjatlarini buzish natijasida olingan noqonuniy daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratilgan mablagʻlar yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarning maqsadli mablagʻlari koʻrinishida ajratilgan noqonuniy sarflangan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazgan holda davlat mulki va mablagʻlari doirasida tuzilgan bitimlar natijasida olingan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan boshqa turdagi zararlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hisob palatasining tekshirishlari natijalari boʻyicha tekshirishning yigʻma dalolatnomasi tuziladi, unda tasdiqlangan dasturga koʻra hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillar ketma-ket tizimlashtirilgan holda bayon etilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tekshirishning yigʻma dalolatnomasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari aks ettirilib, birlamchi buxgalteriya hujjatlariga va koʻrsatilgan dalillarning mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa dalillarga havola qilgan holda huquqbuzarliklar turi, ularni sodir etish usuli va holatlari aniq bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hisob palatasining tekshirish yigʻma dalolatnomasi Hisob palatasi inspektorlar guruhining rahbari va guruh aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda tanishish va imzolash uchun tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteriga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻtkazilgan tekshirish natijalariga qoʻshilmagan taqdirda tekshirish obyektining rahbari va bosh buxgalteri mulohazalarini qayd etgan holda tekshirishning yigʻma dalolatnomasini imzolaydi. Tekshirish obyektining yigʻma dalolatnomaga doir mulohazalari imzolangan tekshirish dalolatnomasi olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yigʻma dalolatnoma boʻyicha tekshirish obyektidan olingan mulohazalarga javoban tekshiruvchi shaxslar tomonidan besh kun ichida tekshirish obyektining eʼtiroz bildirgan vajlari asosliligi xususida xulosa tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tekshirish obyekti tomonidan bildirilgan mulohazalarni qoʻshimcha koʻrib chiqish uchun Hisob palatasi vakolatli organlarning malakali mutaxassislarini jalb etishi va ulardan tegishli xulosani talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hisob palatasi tomonidan tekshirish materiallarining topshirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining topshiriqlari boʻyicha tekshirishlarni amalga oshirish chogʻida Hisob palatasi tomonidan tekshirish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlanib, ularda aniqlangan dalillar va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalari koʻrsatiladi, mazkur maʼlumotlar tekshirishni tayinlagan organga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hisob palatasi yigʻma dalolatnoma imzolangan kundan boshlab yigirma kun mobaynida tekshirish obyekti va/yoki uning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvidagi yuqori organiga koʻrsatma yuboradi, u nazorat tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq harakatlar va tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hisob palatasi tekshirishlarining jinoyat tarkibi alomatlarini oʻz ichiga olgan materiallari tekshirish obyektlari mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hisob palatasi tekshirishining natijalari boʻyicha davlat organlari tomonidan choralar koʻrilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undiruvchi davlat organlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi — budjetdan ajratilgan yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarning maqsadli mablagʻlari noqonuniy sarflangan mablagʻlari undirilishini taʼminlash qismi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi — davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarga toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar va majburiy toʻlovlar undirilishini taʼminlash qismi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarning ijrochi direksiyalari — ajratilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarning noqonuniy sarflangan mablagʻlari undirilishini taʼminlash qismi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan Hisob palatasining tekshirishlari davomida aniqlanadigan zararni undirish vakolat doirasiga kiritilgan boshqa davlat organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat organlari Hisob palatasining koʻrsatmasini olib va tekshirish materiallarini oʻrganib, oʻn kun muddat ichida davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini undirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladilar va bu haqda Hisob palatasini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish obyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki sud tartibida qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining maqsadga muvofiq sarflanmaganligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Undirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirishni qisqartirish va aniqlangan zarar summasi miqdorida tekshirish obyektlarining xarajatlar smetasiga oʻzgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadsiz foydalanilgan summalarni Davlat budjetining daromad qismiga olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Hisob palatasi materiallari boʻyicha aniqlangan yetkazilgan zararning ixtiyoriy tartibda qoplangan, belgilangan tartibda yoki sudning hal qiluv qarori boʻyicha undirilgan summalari tegishli budjet yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa jamgʻarmalarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoki hisobraqamlariga qayd etiladi hamda budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifiga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hisob palatasining oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan mablagʻlarni oʻtkazish uchun Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifida tegishli kodlar ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat organlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Hisob palatasini qabul qilingan choralarning natijalari toʻgʻrisida zarar summasini undirish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat organlari yoʻllagan koʻrsatmalar Hisob palatasi tekshirishlarining materiallari bilan aniqlangan iqtisodiy zarar summasini undirish boʻyicha koʻrilgan choralar ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar ilovadagi shakl boʻyicha koʻrib chiqish natijalarini oʻzaro solishtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan tekshirish obyektlari va davlat organlari mansabdor shaxslarining aybiga koʻra Hisob palatasi koʻrsatmalari oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi taʼminlanmaganda, ularga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanadi, jinoyat tarkibi alomatlari mavjud boʻlgan hollarda tegishli materiallar koʻrsatilgan mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summalarini Davlat budjeti daromadiga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil “____” _______________ holatiga Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi tomonidan topshirilgan tekshirish materiallari va ____________________________ tomonidan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan koʻrilgan choralar natijalari boʻyicha solishtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DALOLATNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tekshirish obyektining nomi

Material mazmuni, aniqlangan qonun hujjatlari buzilishining mohiyati va davlatga yetkazilgan zarar summasi
(mln soʻm)

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan materiallarni davlat organiga yoʻllash sanasi

Materiallarning davlat organiga kelib tushish sanasi

Tekshirish materiallari boʻyicha qaror qabul qilish sanasi

Tekshirish materiallarini koʻrib chiqish natijalari

Qoplan-gan zarar summasi
(mln. soʻm)

Undirilmagan zarar summasi
(mln soʻm)

Izoh

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 526-modda)