Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUASSASALARI TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TARTIBI VA ShARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta boʻgʻin tibbiyot xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirishni raqbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-524-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-dekabr,
269-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. V boʻlimga quyidagi mazmundagi 231-band qoʻshilsin:
“231. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi”.
2. 24-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi hisoblansin.
3. 25-bandda:
toʻrtinchi xatboshiga “oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “oliy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)