Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
CHERNOGORIYA RESPUBLIKASINI TAN OLISH TOʻGʻRISIDA
2006-yil 21-mayda Chernogoriya Respublikasida boʻlib oʻtgan referendum yakunlari boʻyicha mazkur Respublika parlamenti 2006-yil 3-iyunda Chernogoriya Respublikasi mustaqilligi toʻgʻrisidagi Qaror va mustaqil Chernogoriya Respublikasi Deklaratsiyasini qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi va 93-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq:
1. Chernogoriya Respublikasi alohida, suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Chernogoriya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazsin va erishilgan ahdlashuvlarni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-noyabr,
PQ-517-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 477-modda)