Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZMETALL TEXNOLODJI” OʻZBEKISTON - ISROIL QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 18 YaNVARDAGI 15-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
“Oʻzmetall Texnolodji” qoʻshma korxonasi oʻz faoliyati davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-yanvardagi 15-son qarorida va taʼsis hujjatlarida belgilangan Oʻzbekiston qiyin eriydigan va oʻtga chidamli metallar kombinati bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi yuqori boʻlgan molibden mahsulotlari (maxsus shtabiklar, plastinalar va sim) ishlab chiqarishga oid bir qator vazifalarni bajarmaganligini eʼtiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmetall Texnolodji” Oʻzbekiston—Isroil qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 18-yanvardagi 15-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Metek Metall Texnolodji” kompaniyasi bilan” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-iyul,
141-son