O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 25 AVGUSTDAGI PQ-451-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 198-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 1-ilovadagi “Q. A’zamov — Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari” so‘zlari “M. Hojimatov — Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
231-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 446-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda)