30.10.2006 yildagi PQ-500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V.P. Chkalov nomidagi toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati salohiyatidan yanada samarali foydalanish, zamonaviy raqobatbardosh aviatsiya texnikasini barqaror ishlab chiqarishni taʼminlash, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Taʼkidlansinki, soʻnggi yillarda V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (“Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ) tomonidan shovqin, emissiya va aniq navigatsiya boʻyicha IKAO talablariga toʻliq javob beradigan transport hamda yoʻlovchi tashuvchi yangi avlod samolyotlarini muntazam ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ boshqaruv organlari va ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi 1-2 ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJning boshqaruvi raisi — bosh direktori va boshqaruv aʼzolari (bosh muhandis, bosh direktor oʻrinbosarlari, hududiy boʻlinmalar direktorlari) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi boshqaruvi raisiga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda boshqarmaning tasdiqlangan ijro apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan shtat birligi doirasida oʻzgartishlar kiritish ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishi etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizda aviatsiya va boshqa raqobatbardosh texnika ishlab chiqarishni rivojlantirish, jumladan ichki havo yoʻnalishlaridagi eskirgan samolyotlar parkini almashtirish maqsadida uzoq istiqbolni nazarda tutgan holda Il-114 turkumdagi samolyotlar ishlab chiqarishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlashmaning eksport salohiyatini oshirish va moliyaviy ahvolini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatsiya sanoatida muhandislar va boshqaruvchi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tizimli asosda tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Chirchiq aviatsiya taʼmirlash-mexanika zavodi aktivlarini “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJning ustav fondiga davlat ulushini toʻldirish hisobiga topshirishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ chiqargan aksiyalarini emissiya prospekti uchun yigʻimlar undirmagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi 2010-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha rivojlanish prognozlari rejasiga muvofiq samolyotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan import qilinadigan butlovchi buyum va materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital taʼmirlash uchun respublika hududiga olib kelinadigan hamda xorijiy pudratchilar kuchi bilan taʼmirlash va ishlov berishni tugatish maqsadida respublikadan tashqariga vaqtincha olib chiqiladigan samolyotlar tarkibidagi butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
An-24 va Yak-40 samolyotlari parkini almashtirish maqsadida “Pratt Uitni” dvigatelli va “Kollinz” avionikali Il-114-100 samolyotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni uzoq muddatli imtiyozli kreditlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chkalov nomidagi TAICHB” DAJda Il-114 samolyotlari uchun trenajer majmuasini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda birlashma Nizomiga tegishli oʻzgartishlar kiritish va amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur qaror talablariga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shoismatov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-500-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 439-modda; 2007-y., 27-28-son, 282-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)