06.10.2006 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI TIZIMIGA KIRADIGAN TASHQI SAVDO KOMPANIYALARI BOSH DIREKTORLARI HAMDA BOSH DIREKTORLARINING OʻRINBOSARLARI LAVOZIMLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI NOMENKLATURASIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan tashqi savdo kompaniyalari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiradigan ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalari bosh direktorlari hamda bosh direktorlarining oʻrinbosarlari lavozimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (E.M. Gʻaniyev) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kompaniyalar rahbarlarining nomenklaturaga muvofiq lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, ilovaga muvofiq tashqi savdo kompaniyalarining rahbarlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 6-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212-son

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 6-oktabrdagi 212-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiritilayotgan lavozimlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Kompaniyalarning nomi‎ Lavozimlarning nomi‎
1.‎ “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi‎ Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari ‎
2.‎ “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi‎ Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari‎
3.‎ “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎ Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari‎
4.‎ “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi‎ Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari‎
Keyingi tahrirga qarang.