Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.10.2006 yildagi PQ-486-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KAMOLOT” YoShLAR IJTIMOIY HARAKATINI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA UNING FAOLIYAT SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu maqsadda amalga oshirilayotgan barcha ishlarga, shu sohaga bevosita mas’ul va daxldor bo‘lgan davlat va jamoat birlashmalari faoliyatiga ana shu nuqtai nazardan baho berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi “O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tgan davr mobaynida mazkur tashkilot Markaziy kengashi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, respublikamizning aksariyat tuman va shaharlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazi” tashkil etilgani, yoshlarning oldida turgan muammolarni echish, ularning madaniy saviyasini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar, turli ko‘rik-tanlov va uchrashuvlarni uyushtirish, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Kamolot” faoliyatini targ‘ib qilish bilan bog‘liq qator ishlar qilinganini aytib o‘tish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga asos bo‘lgan Dastur va Nizomning amalda bajarilishini, mazkur tashkilot tomonidan yoshlarning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida o‘z joyini topishiga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholab bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakat faoliyatini tashkil etishda aksariyat hollarda rasmiyatchilik, byurokratik yondashuv, kampaniyabozlikka yo‘l qo‘yilayotgani, uning yoshlar duch kelayotgan amaliy muammolardan uzoqlashib qolgani, iste’dodli, tabiiy yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yigit-qizlarni “Kamolot”ga jalb etish, ularga ko‘proq erkinlik va o‘z tashabbuslarini namoyon qilishi uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish bilan bog‘liq kamchiliklar jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan va davlat siyosati darajasida qabul qilingan, yoshlar muammolarini echishga qaratilgan dastur va tadbirlarni amalga oshirishda, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodning hayotda o‘z munosib o‘rnini topishi, ularni, birinchi navbatda qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush kechirishi uchun imkoniyat tug‘dirish, farzandlarimiz ongida zamonaviy dunyoqarashni qaror toptirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi o‘ta muhim masalalarda Harakatning hissasi, o‘rni va ta’siri yetarli darajada sezilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy o‘quv yurtlari, kollej va maktablardagi o‘quv jarayonlarining darajasi va sifati haqida ijtimoiy so‘rovlar orqali yoshlarning fikr-mulohazalari, maqsad va intilishlarini o‘rganish, hayotimizdagi echilmagan muammolar, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish nimalarga bog‘liq ekani haqida bahs va muloqotlar o‘tkazish, kerakli xulosa chiqarish va takliflar tayyorlash masalalari ham “Kamolot” e’tiboridan chetda qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatining samarasini oshirish, uni birinchi navbatda yoshlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini har tomonlama himoya qilishga qodir bo‘lgan ta’sirchan tashkilotga aylantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ma’naviy-ma’rifiy sohaga daxldor bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan yoshlar masalalarini, avvalambor ularning dolzarb muammolarini echish, jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan sovuqqonlik, beparvolik va mas’uliyatsizlik holatlarini bartaraf etish, eng asosiysi, hayotga kirib kelayotgan avlodning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bu borada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga suyanish va tayanish vazifasi mazkur davlat tashkilotlari faoliyatining muhim yo‘nalishi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi (R. Qosimov) “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tashkilotning Dasturi va Nizomiga tegishli o‘zgartishlar kiritish, uning tarkibiy tuzilmasini yangitdan tasdiqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Maslahat kengashining Harakatning navbatdagi II qurultoyini 2006-yil noyabr oyining oxirida o‘tkazish va uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturni kun tartibining asosiy masalasi sifatida belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha boshlang‘ich va quyi tashkilotlarning takliflari asosida tayyorlangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq ma’qullansin va qurultoyni o‘tkazish hamda yoritishda Harakat faoliyatini chuqur tahlil qilib, tanqidiy baho berish, mamlakatimiz yoshlari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarni hal etishga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Shamshiyev va Bosh vazir o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-486-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 412-modda)