Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 11.10.2006 yildagi O‘RQ-60-son
Kuchga kirish sanasi
13.10.2006
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 10.04.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida | Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan |
I. Umumiy qoidalar | I. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
3-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari | 3-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir. |
4-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish | 4-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish |
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. | Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. |
5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili | 5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin. |
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati | 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
1) oʻz tashabbusi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi; | 1) oʻz tashabbusi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi; |
2) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi; | 2) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi; |
3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi; | 3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi; |
4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitadi; | 4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitadi; |
5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi. | 5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi. |
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolati doirasida: | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolati doirasida: |
1) qonun ijodkorligi masalalarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi; | 1) qonun ijodkorligi masalalarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda mazkur faoliyatga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi; |
2) qonun ijodkorligi va huquqning qoʻllanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlaydi; | 2) qonun ijodkorligi va huquqning qoʻllanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlaydi; |
3) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; | 3) qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va oʻz tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va oʻz tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi; |
5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi; | 5) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi; |
6) qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi; | 6) qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi; |
61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi; | 61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi; |
7) qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, qonunchilikni kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi; | 7) qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida, huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitliligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, qonunchilikni kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshiradi; |
8) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi. | 8) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi. |
8-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi | 8-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi |
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. | Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. |
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin. | Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin. |
II. Qonun loyihasini tayyorlash | II. Qonun loyihasini tayyorlash |
9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi | 9-modda. Qonun loyihasini tayyorlash tartibi |
Qonun loyihasini tayyorlash: | Qonun loyihasini tayyorlash: |
qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni; | qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishni; |
qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni; | qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni; |
zarur materiallar va axborot toʻplashni; | zarur materiallar va axborot toʻplashni; |
qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni; | qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishni; |
qonun loyihasini tuzishni; | qonun loyihasini tuzishni; |
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. | huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. |
Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega qonun loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi ishlab chiqiladi. | Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega qonun loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda qonun loyihasi ishlab chiqiladi. |
10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash | 10-modda. Qonun loyihasini bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan birgalikda tayyorlash |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash toʻgʻrisidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini birgalikda tayyorlash toʻgʻrisidagi taklif bilan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga murojaat qilishi mumkin. |
11-modda. Qonun loyihasini tayyorlashni tashkil etish | 11-modda. Qonun loyihasini tayyorlashni tashkil etish |
Qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ishchi guruhi (komissiyasi) tuzilishi mumkin. | Qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan ishchi guruhi (komissiyasi) tuzilishi mumkin. |
Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli boʻlinmalarining vakillari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga oʻz roziligiga koʻra kiritiladi. | Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli boʻlinmalarining vakillari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga oʻz roziligiga koʻra kiritiladi. |
Ishchi guruhi (komissiyasi) aʼzolari qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishlari kerak. | Ishchi guruhi (komissiyasi) aʼzolari qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishlari kerak. |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini va oʻzga maʼlumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini va oʻzga maʼlumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir. |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonun loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida topshirishi yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonun loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida topshirishi yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin. |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonunlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolati doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi qonun loyihasi uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti, zarur boʻlgan hollarda, qonunlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolati doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi qonun loyihasi uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir. |
12-modda. Qonun loyihasining konsepsiyasi | 12-modda. Qonun loyihasining konsepsiyasi |
Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak: | Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak: |
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti; | huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti; |
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; | tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; |
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; | qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; |
qonun loyihasining asosiy qoidalari; | qonun loyihasining asosiy qoidalari; |
boʻlgʻusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini. | boʻlgʻusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini. |
13-modda. Qonunlar loyihalariga qoʻyiladigan asosiy talablar | 13-modda. Qonunlar loyihalariga qoʻyiladigan asosiy talablar |
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. | Qonunlar loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. |
14-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini va huquqning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish | 14-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini va huquqning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish |
Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur oʻrganishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanadi. | Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur oʻrganishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniqlashga, shuningdek amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini tahlil etishga asoslanadi. |
Qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqiladi va mazkur axborot qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatiladi. | Qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqiladi va mazkur axborot qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatiladi. |
15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish | 15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish |
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi oʻrganiladi. | Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi oʻrganiladi. |
16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini oʻrganish | 16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini oʻrganish |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini oʻrganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida oʻrganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini oʻrganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida oʻrganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi. |
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi. | Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazilguniga qadar amalga oshiriladi. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazilguniga qadar amalga oshiriladi. |
17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish | 17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish |
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin. | Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin. |
Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u boʻyicha ekspertiza oʻtkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi. | Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u boʻyicha ekspertiza oʻtkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi. |
III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar. Qonun loyihalarining ekspertizasi | III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar. Qonun loyihalarining ekspertizasi |
18-modda. Qonunlar loyihalarining shakli | 18-modda. Qonunlar loyihalarining shakli |
Tartibga solinadigan munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi: | Tartibga solinadigan munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda qonunlar loyihalari quyidagi shaklda ishlab chiqiladi: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalari; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalari; |
2) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartish, qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari; | 2) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartish, qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari. | 3) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari. |
19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi | 19-modda. Qonun loyihasining tuzilishi |
Qonun loyihasi, qoida tariqasida, boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarga ajratiladi. | Qonun loyihasi, qoida tariqasida, boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarga ajratiladi. |
Qonun loyihasi uning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek uning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin. | Qonun loyihasi uning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek uning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, qoida tariqasida, ularning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek ularning mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi muqaddimaga ega boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda qonunlariga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini yoki ularning ayrim normalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari, qoida tariqasida, ularning qabul qilinishi zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek ularning mohiyatini va ahamiyatini ochib beruvchi muqaddimaga ega boʻladi. |
Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi. | Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi. |
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega boʻladi hamda raqamlanadi. | Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhaga ega boʻladi hamda raqamlanadi. |
Qonun loyihasida huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qoʻyiladi. | Qonun loyihasida huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Kodekslar va boshqa qonunlar loyihalarining moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qoʻyiladi. |
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzuyi mantiqan rivojlanib borishini taʼminlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi. | Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, moddalar, shuningdek moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzuyi mantiqan rivojlanib borishini taʼminlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi. |
Qonun loyihasining matniga: | Qonun loyihasining matniga: |
qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi; | qonun loyihasining yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi; |
ilgari qabul qilingan qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi mumkin. | ilgari qabul qilingan qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi mumkin. |
Qonun loyihasida nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilar qonun loyihasining oʻzida belgilanadi. | Qonun loyihasida nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilar qonun loyihasining oʻzida belgilanadi. |
Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi. | Qonunlar loyihalarining matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi. |
20-modda. Qonun loyihasi bayoniga taalluqli talablar | 20-modda. Qonun loyihasi bayoniga taalluqli talablar |
Qonun loyihasi loʻnda, aniq, oddiy va ravon tilda, normalarni turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yuridik atamashunoslikka rioya qilingan holda bayon qilinadi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Qonun loyihasi loʻnda, aniq, oddiy va ravon tilda, normalarni turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yuridik atamashunoslikka rioya qilingan holda bayon qilinadi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
21-modda. Qonun loyihasi matnida tushunchalar va atamalardan foydalanish | 21-modda. Qonun loyihasi matnida tushunchalar va atamalardan foydalanish |
Qonun loyihasida foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. | Qonun loyihasida foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. |
Zarur boʻlgan hollarda, qonunlar loyihalarida yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. | Zarur boʻlgan hollarda, qonunlar loyihalarida yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. |
22-modda. Qonun loyihasida havolalardan foydalanish | 22-modda. Qonun loyihasida havolalardan foydalanish |
Qonun loyihasining moddalarida (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilarida) uning boshqa moddalariga (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilariga), boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflariga, shuningdek boshqa qonunlarga va ularning ayrim qoidalariga havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoxud takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi. | Qonun loyihasining moddalarida (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilarida) uning boshqa moddalariga (qismlari, bandlari, kichik bandlari, xatboshilariga), boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflariga, shuningdek boshqa qonunlarga va ularning ayrim qoidalariga havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoxud takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi. |
23-modda. Qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish | 23-modda. Qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish |
Qonun loyihasi ustidagi ish tugallanganidan soʻng uning sifatiga baho berish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qaroriga binoan loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologiya korrupsiyaga qarshi va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining ekspertizasi natijalari boʻyicha tegishli xulosa taqdim etadilar. | Qonun loyihasi ustidagi ish tugallanganidan soʻng uning sifatiga baho berish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qaroriga binoan loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologiya korrupsiyaga qarshi va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining ekspertizasi natijalari boʻyicha tegishli xulosa taqdim etadilar. |
Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. | Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. |
Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspertlarning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga egadir. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tuziladi. | Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspertlarning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga egadir. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tuziladi. |
24-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi | 24-modda. Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi |
Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. | Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi. |
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi. | Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi. |
25-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari | 25-modda. Qonun loyihasining moliyaviy-iqtisodiy asoslari |
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak. | Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak. |
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlishi zarur. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak. | Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi boʻlishi zarur. Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuborilishi kerak. |
IV. Qonunlar loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi | IV. Qonunlar loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi |
26-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori | 26-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori |
Qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida muhokama etiladi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi. | Qonun loyihasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida muhokama etiladi va uni Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi. |
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. | Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. |
Bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan alohida qabul qilinadi. | Bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror har bir qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan alohida qabul qilinadi. |
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakili ham koʻrsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan soʻzga chiqadigan hollar mustasno). | Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili koʻrsatiladi, u qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etadi. Qarorda qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida maʼruza bilan soʻzga chiqadigan vakili ham koʻrsatiladi (bundan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti shaxsan soʻzga chiqadigan hollar mustasno). |
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning oʻzida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. | Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi. Bir vaqtning oʻzida ularning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. |
27-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar | 27-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar |
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: | Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: |
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati; | 1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati; |
2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi; | 2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi; |
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati; | 3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati; |
31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval. | 31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval. |
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; | 4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar; |
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. | 5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. |
6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun; | 6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun; |
7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun; | 7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun; |
8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa; | 8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa; |
9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist; | 9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist; |
10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart boʻlmagan qonun loyihalari mustasno. | 10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart boʻlmagan qonun loyihalari mustasno. |
Qonun loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori taqdim etilishi kerak. | Qonun loyihasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori taqdim etilishi kerak. |
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak. | Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak. |
28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan oʻzgartirish | 28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan oʻzgartirish |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar oʻzgartirishga haqli. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar oʻzgartirishga haqli. |
29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish | 29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga oʻzi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi. |
30-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritish | 30-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritish |
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Qonunchilik palatasining takliflarini hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritishga haqli. | Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari Qonunchilik palatasining takliflarini hisobga olgan holda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qayta kiritishga haqli. |
V. Yakunlovchi qoidalar | V. Yakunlovchi qoidalar |
31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 31-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2006-yil 11-oktabr, | 2006-yil 11-oktabr, |
OʻRQ-60-son | OʻRQ-60-son |