Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2001 yildagi 257-II-son
Kuchga kirish sanasi
07.11.2001
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 23.01.2020 sanasi holatiga | Hujjat 29.01.2025 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
“PROKURATURA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA | “PROKURATURA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: |
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda). | 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda). |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2001-yil 29-avgust, | 2001-yil 29-avgust, |
257-II-son | 257-II-son |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
PROKURATURA TOʻGʻRISIDA | PROKURATURA TOʻGʻRISIDA |
(yangi tahriri) | (yangi tahriri) |
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi | 1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi |
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir. | Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. |
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari | 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari |
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. | Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat. |
3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari | 3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari |
Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. | Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. |
4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari | 4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari |
Prokuratura organlari oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi: | Prokuratura organlari oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi: |
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; | vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; |
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; | fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; |
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; | tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; |
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish; | jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish; |
sudlarda jinoyat ishlari koʻrib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni koʻrishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish; | sudlarda jinoyat ishlari koʻrib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni koʻrishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish; |
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; | soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; |
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; | ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; |
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. | qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. |
5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari | 5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari |
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir. | Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir. |
Prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi. | Prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi. |
Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga koʻrsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u oʻz boʻysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari toʻgʻri tashkil etilishi uchun toʻliq javobgardir. | Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga koʻrsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u oʻz boʻysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari toʻgʻri tashkil etilishi uchun toʻliq javobgardir. |
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga koʻra qilinishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Prokuratura organlarining xodimlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga koʻra qilinishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
Prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. | Prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. |
Prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir taʼsir koʻrsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. | Prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir taʼsir koʻrsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. |
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar. | Prokuratura organlarining xodimlari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari: | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari: |
har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi; | har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi; |
zarur boʻlgan hollarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida xabardor qiladi. | zarur boʻlgan hollarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida xabardor qiladi. |
Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi kurashga doir faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, oʻzining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlash yoʻli bilan oʻz faoliyatini oshkora amalga oshiradi. | Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi kurashga doir faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, oʻzining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash yoʻli bilan oʻz faoliyatini oshkora amalga oshiradi. |
6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi | 6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi |
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qoʻyayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir. | Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qoʻyayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir. |
Prokuratura organlari oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi. | Prokuratura organlari oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi. |
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. | Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. |
7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish | 7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish |
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar. | Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar. |
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. | Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. |
Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega. | Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega. |
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. | Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular boʻyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular boʻyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir. |
8-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish | 8-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi: Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining; Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining; Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir. |
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi | 9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega. |
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli. | Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli. |
II BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARI | II BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARI |
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi | 10-modda. Prokuratura organlarining tizimi |
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat: | Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi; | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi; |
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari; | viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari; |
tumanlar va shaharlar prokuraturalari; | tumanlar va shaharlar prokuraturalari; |
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi; | viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi; |
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. | tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi. |
11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati | 11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil. 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlariga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil. 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi hamda uni lavozimidan ozod etadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlariga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. |
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari | 13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori: | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori: |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning koʻrib chiqishi uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin; | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning koʻrib chiqishi uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi; |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi; | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi; |
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar beradi va oliy darajali unvonlar berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi; | prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar (harbiy unvonlar) beradi va oliy darajali unvonlar (harbiy unvonlar) berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi; |
prokuratura organlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; | prokuratura organlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi; |
prokuratura organlari xodimlarini “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi; | prokuratura organlari xodimlarini “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi; |
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; | buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; |
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzadi; | chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzadi; |
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi. |
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi | 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga: | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga: |
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida — muntazam ravishda; | qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida — muntazam ravishda; |
oʻta ogʻir jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida — zudlik bilan; | oʻta ogʻir jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida — zudlik bilan; |
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisida — har olti oyda axborot taqdim etadi. | prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisida — har olti oyda axborot taqdim etadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga nomuvofiq boʻlgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. |
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin. | Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi. |
15-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi | 15-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, shahar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun oʻziga boʻysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, farmoyishlar chiqaradi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi. |
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari, prokurorning ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha yordamchisi, katta prokuror-kriminalist Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. |
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar | 16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar |
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va uning oldida hisobdordirlar. | Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga tegishli prokurorlar boshchilik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori boshchilik qiladi. Mazkur prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadi va uning oldida hisobdordir. |
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun oʻziga boʻysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi. | Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. |
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, farmoyishlar chiqaradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarlik qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi. |
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi. | Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar hamda boʻlimlar tashkil etiladi. |
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari, prokurorlarning ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari, katta prokuror-kriminalistlar va prokuror-kriminalistlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar | 17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar |
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar. | Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar. |
Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻlishi mumkin. | Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻlishi mumkin. |
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. | Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari | 18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi. |
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. | Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. |
Departamentning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. | Departamentning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. |
Departamentni va uning joylardagi boʻlinmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. | Departamentni va uning joylardagi boʻlinmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy boʻlinmalari | 181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy boʻlinmalari |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi. |
Byuro direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi. | Byuro direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi. |
Byuro direktorining oʻrinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. | Byuro direktorining oʻrinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. | Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. | Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. |
Byuro va uning hududiy boʻlinmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. | Byuro va uning hududiy boʻlinmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi. |
19-modda. Prokuratura organlarining hayʼatlari | 19-modda. Prokuratura organlarining hayʼatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hayʼatlar maslahat organlari boʻlib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga doir va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hayʼatlar maslahat organlari boʻlib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga doir va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi. |
Hayʼat qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin. | Hayʼat qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin. |
III BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI | III BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI |
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT | 1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT |
20-modda. Nazorat predmeti | 20-modda. Nazorat predmeti |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi. | Vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi. |
21-modda. Qonunlar ijrosini tekshirish | 21-modda. Qonunlar ijrosini tekshirish |
Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi toʻgʻrisidagi arizalar va boshqa maʼlumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar koʻrilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. | Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi toʻgʻrisidagi arizalar va boshqa maʼlumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar koʻrilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. |
22-modda. Prokurorning vakolatlari | 22-modda. Prokurorning vakolatlari |
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida oʻz vakolatlari doirasida: | Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida oʻz vakolatlari doirasida: |
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni koʻrishga, tekshirishlar oʻtkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni talab qilishga; | vazirliklar, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni koʻrishga, tekshirishlar oʻtkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni talab qilishga; |
davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish oʻtkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; | davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish oʻtkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; |
mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. | mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. |
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majbur. | Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majbur. |
23-modda. Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi | 23-modda. Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi |
Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORAT | 2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORAT |
24-modda. Nazorat predmeti | 24-modda. Nazorat predmeti |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi. | Vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi. |
25-modda. Prokurorning vakolatlari | 25-modda. Prokurorning vakolatlari |
Prokuror oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib: | Prokuror oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib: |
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tekshiradi; | fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tekshiradi; |
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; | arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; |
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini koʻradi; | fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini koʻradi; |
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi. | ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi. |
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni koʻradi. | Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni koʻradi. |
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi maʼmuriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega boʻlgan hollarda prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni va tekshiruv materiallarini maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi. | Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi maʼmuriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega boʻlgan hollarda prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni va tekshiruv materiallarini maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi. |
26-modda. Prokurorning sudga daʼvosi | 26-modda. Prokurorning sudga daʼvosi |
Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sogʻligʻiga, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, daʼvoni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi. | Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sogʻligʻiga, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, daʼvoni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi. |
3-BOB. JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNI AMALGA OSHIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILISHI USTIDAN NAZORAT | 3-BOB. JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNI AMALGA OSHIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILISHI USTIDAN NAZORAT |
27-modda. Nazorat predmeti | 27-modda. Nazorat predmeti |
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va xabarlarni koʻrib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi. | Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va xabarlarni koʻrib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonunchilikda belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi. |
28-modda. Prokurorning vakolatlari | 28-modda. Prokurorning vakolatlari |
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror oʻz vakolatlari doirasida: | Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror oʻz vakolatlari doirasida: |
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qiladi; | surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qiladi; |
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi; | sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi; |
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; | tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; |
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi; | jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi; |
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi; | tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi; |
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻla hajmda amalga oshiradi; | surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻla hajmda amalga oshiradi; |
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi; | jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi; |
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi; | jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi; |
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi; | surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi; |
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida, tintuv oʻtkazish haqida, jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida, mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
jinoyat ishlarini qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini toʻxtatadi; | jinoyat ishlarini qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini toʻxtatadi; |
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi; | qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi; |
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi; | ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi; |
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. | qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. |
Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir. | Prokurorning jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir. |
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish | 29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish |
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan tergov oʻtkazadilar. | Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan tergov oʻtkazadilar. |
Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni oʻz ish yurituviga olishga yoki oʻziga boʻysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir. | Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni oʻz ish yurituviga olishga yoki oʻziga boʻysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir. |
4-BOB. USHLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASH JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIRNING BOSHQA CHORALARINI IJRO ETISH CHOGʻIDA QONUNLARGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT | 4-BOB. USHLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASH JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIRNING BOSHQA CHORALARINI IJRO ETISH CHOGʻIDA QONUNLARGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT |
30-modda. Nazorat predmeti | 30-modda. Nazorat predmeti |
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi: | Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi: |
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi; | ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi; |
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi; | ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi; |
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi; | ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi; |
jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi. | jinoyat-ijroiya qonunchiligini qoʻllayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi. |
31-modda. Prokurorning vakolatlari | 31-modda. Prokurorning vakolatlari |
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida: | Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida: |
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga; | ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga; |
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritishga; | ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritishga; |
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq boʻlsa, bu choralarni bekor qilishga va oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga; | agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq boʻlsa, bu choralarni bekor qilishga va oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga; |
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga; | ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga; |
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga; | ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga; |
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatidan talab qilishga; | ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatidan talab qilishga; |
jazoni ijro etuvchi muassasa boshligʻining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish toʻgʻrisidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli. | jazoni ijro etuvchi muassasa boshligʻining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish toʻgʻrisidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli. |
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida: | Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida: |
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki maʼmuriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar toʻgʻrisida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa maʼlumotlarni darhol roʻyxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini; | ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki maʼmuriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar toʻgʻrisida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa maʼlumotlarni darhol roʻyxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishini; |
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatilishi yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatilishi ehtimolini; | ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatilishi yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatilishi ehtimolini; |
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart. | qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart. |
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini taʼminlashda prokurorning majburiyatlari | 32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini taʼminlashda prokurorning majburiyatlari |
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
Prokuror oʻziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda koʻrib chiqishi, zarur chora-tadbirlar koʻrishi hamda oʻz qarori toʻgʻrisida arizachiga maʼlum qilishi shart. | Prokuror oʻziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda koʻrib chiqishi, zarur chora-tadbirlar koʻrishi hamda oʻz qarori toʻgʻrisida arizachiga maʼlum qilishi shart. |
IV BOʻLIM. SUDLARDA ISHLARNI KOʻRISHDA PROKURORNING VAKOLATLARI | IV BOʻLIM. SUDLARDA ISHLARNI KOʻRISHDA PROKURORNING VAKOLATLARI |
33-modda. Sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning ishtiroki | 33-modda. Sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning ishtiroki |
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar koʻrilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. | Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar koʻrilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. |
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari koʻrilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. | Prokuror sudlarda jinoyat ishlari koʻrilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. |
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qoʻllanishi xususida oʻz fikrini bildiradi. | Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qoʻllanishi xususida oʻz fikrini bildiradi. |
Ishlar sudlarda koʻrilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. | Ishlar sudlarda koʻrilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. |
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. | Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qatʼiy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. |
34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish | 34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish |
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror oʻz vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirigʻiga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini oʻrganib chiqish huquqiga ega. | Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror oʻz vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirigʻiga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini oʻrganib chiqish huquqiga ega. |
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda koʻrish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega. | Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda koʻrish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega. |
35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish | 35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish |
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli. | Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli. |
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi. | Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi. |
36-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish | 36-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish |
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyatsiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda koʻrish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin. | Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyatsiya, kassatsiya, xususiy va taftish tartibidagi protest ishni sudda koʻrish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin. |
V BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI | V BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI |
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari | 37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari |
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir. | Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir. |
38-modda. Protest | 38-modda. Protest |
Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. | Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. |
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. | Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. |
Protest kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir. | Protest kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir. |
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida koʻrib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. | Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida koʻrib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. |
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi. | Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi. |
39-modda. Qaror | 39-modda. Qaror |
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. | Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. |
Maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. | Maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. |
40-modda. Taqdimnoma | 40-modda. Taqdimnoma |
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi. | Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi. |
Taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim. | Taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim. |
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir. | Taqdimnoma kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir. |
41-modda. Ariza | 41-modda. Ariza |
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. | Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. |
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi. | Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi. |
42-modda. Ogohlantiruv | 42-modda. Ogohlantiruv |
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi. | Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi. |
Ogohlantiruv toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv eʼlon qilingan shaxsning ish, oʻqish joyi boʻyicha ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishga haqli. | Ogohlantiruv toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv eʼlon qilingan shaxsning ish, oʻqish joyi boʻyicha ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishga haqli. |
VI BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARINING XODIMLARI | VI BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARINING XODIMLARI |
43-modda. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar | 43-modda. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar |
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi. | Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi. |
Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy maʼlumotga, zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin. | Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy maʼlumotga, zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan shaxslar tayinlanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan shaxslar tayinlanadi. |
Prokuratura organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim. | Prokuratura organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim. |
Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi. | 431-modda. Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar Prokuratura organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas: oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) prokuratura organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa; ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga; tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga; tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga; oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga; qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga; qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga; chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga; Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno; oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno; xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno; prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik prokuratura organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. |
44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi | 44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi |
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: | Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: |
“Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”. | “Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”. |
Qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi. | Qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi. |
45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash | 45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolat muddati davomida kamida ikki marta kompleks oʻrganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼminlanishi hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari muddati ichida kamida ikki marta kompleks oʻrganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼminlanishi hisoblanadi. |
Oʻz faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini taʼminlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Oʻz faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini taʼminlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi | 46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi |
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi tuziladi. | Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi tuziladi. |
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hayʼatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi. | Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hayʼatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi. |
47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari | 47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari |
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi. | Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi. |
48-modda. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat | 48-modda. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat |
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilab qoʻyiladi. | Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. |
Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari olib yurish huquqiga ega. | Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega. |
49-modda. Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi | 49-modda. Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi |
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va dastlabki tergov oʻtkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi. | Prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va dastlabki tergov oʻtkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi. |
Prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. | Prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. |
50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti | 50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti |
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustama haqlardan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi. | Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustama haqlardan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi. |
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan meʼyorlar boʻyicha bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi. | Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan meʼyorlar boʻyicha bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi. |
Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi. | Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi. |
51-modda. Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari | 51-modda. Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari |
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurtalanadi. | Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurtalanadi. |
Davlat sugʻurta organlari quyidagi hollarda sugʻurta summalarini toʻlaydilar: | Davlat sugʻurta organlari quyidagi hollarda sugʻurta summalarini toʻlaydilar: |
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan boʻshatilganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu hol u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga — Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda; | prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan boʻshatilganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu hol u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga — Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda; |
prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida; | prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida; |
prokuratura organlari xodimiga u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yoʻqotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida. | prokuratura organlari xodimiga u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yoʻqotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida. |
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi. | Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi. |
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga yetkazilgan zararning toʻlovi boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi. | Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga yetkazilgan zararning toʻlovi boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi. |
Prokuratura organlari xodimining oʻz xizmat faoliyati bilan bogʻliq tarzda unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi. | Prokuratura organlari xodimining oʻz xizmat faoliyati bilan bogʻliq tarzda unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi. |
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi. | Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi. |
VII BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR | VII BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR |
52-modda. Xalqaro hamkorlik | 52-modda. Xalqaro hamkorlik |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi. |
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari | 53-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari |
Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari tashkil etilishi mumkin. | Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari tashkil etilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar chop etishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar chop etishi mumkin. |
54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti | 54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti |
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti respublika budjeti hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. | Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti respublika budjeti hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. |
55-modda. Prokuratura organlarining muhri | 55-modda. Prokuratura organlarining muhri |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va unga boʻysunuvchi prokuraturalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va unga boʻysunuvchi prokuraturalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi. |
56-modda. Ushbu Qonunda qoʻllanilgan ayrim atamalarning talqini | 56-modda. Ushbu Qonunda qoʻllanilgan ayrim atamalarning talqini |
“Fuqarolar” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tushunish kerak. | “Fuqarolar” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tushunish kerak. |
“Prokuratura organlari xodimlari” degan atama zamirida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlari va muassasalarining barcha xodimlarini, shuningdek prokuratura ish oʻrganuvchilarini tushunish kerak. | “Prokuratura organlari xodimlari” degan atama zamirida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlari va muassasalarining barcha xodimlarini, shuningdek prokuratura ish oʻrganuvchilarini tushunish kerak. |
5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak. | 5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak. |
28-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlarini tushunish kerak. | 28-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlarini tushunish kerak. |
1-moddadagi, 7-moddaning toʻrtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi, oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlarini tushunish kerak. | 1-moddadagi, 7-moddaning toʻrtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi, oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlarini tushunish kerak. |
28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak. | 28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak. |