Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 18.08.2006 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Hujjat 18.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUTBOL BOʻYICHA TRENERLAR VA HAKAMLAR TAYYORLASH RESPUBLIKA MAKTABI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida sport oʻquv-metodik muassasi boʻlgan hamda oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida amalga oshiruvchi Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining taklif etilayotgan tuzilmasi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston terma komandalari va professional futbol klublari uchun bosh murabbiylar va katta murabbiylar, shuningdek futbol boʻyicha maktab-internatlar professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari uchun bosh murabbiylar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
futbol boʻyicha respublika musobaqalari va xalqaro musobaqalarda yuqori sifatli hakamlikni taʼminlash uchun malakali hakamlar tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining tinglovchilari sifatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish muddati 6 oy boʻlgan trenerlik boʻlimiga — milliy chempionatlarda, shuningdek milliy terma komandalar tarkibida oʻyin tajribasiga, tegishli trenerlik stajiga, Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” trenerlik litsenziyasiga, kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish muddati 3 oy boʻlgan hakamlik boʻlimiga — futbol boʻyicha musobaqalarda hakamlik qilish tajribasiga, FIFA tavsiyalariga javob beruvchi antrometrik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, yoshi 35 yoshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining ustavini tasdiqlasin va Maktabning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda futbol boʻyicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini zarur darajada tashkil etish maqsadida Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabini malakali mutaxassislar bilan butlash, zarur oʻquv-metodik adabiyotlarni tanlagan holda oʻquv auditoriyalarini jihozlash chora-tadbirlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
futbol nazariyasi va metodikasi, hakamlar tayyorlash boʻyicha oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqsin va nashrga tayyorlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabining futbol boʻyicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy markazlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabiga oʻqishga yuboriladigan tinlovchilarni tanlab olish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda mintaqaviy futbol federatsiyalariga, futbol klublari, maktablariga va boshqa tashkilotlarga ularning vakillarini oʻqishga yuborishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar tayyorlash respublika maktabida oʻqish uchun jalb qilinayotgan tinglovchilarga oʻqish davrida ularning asosiy ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
futbol boʻyicha trenerlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga Oʻzbekiston terma komandalari va professional futbol klublari, oliy liga va birinchi liga futbol komandalarida murabbiylik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
futbol boʻyicha hakamlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi boʻyicha davlat talablarini bajargan tinglovchilarga futbol boʻyicha xalqaro musobaqalarga va respublika musobaqalariga xizmat koʻrsatish uchun tegishli hakamlik toifasini olish huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi bazasida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo sport-sogʻlomlashtirish markazi Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini shartnoma asosida maktab maʼmuriyatining ishlashi, sport uskunalari, jihozlari va formalarini saqlash uchun zarur binolar, nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun auditoriyalar hamda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sport inshootlari, yordamchi binolar va boshqa binolar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-sonlar, 20-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilova quyidagi mazmundagi 30-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-ilovada mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning uchinchi bloki quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 18-avgustdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi uchun xodimlarning eng kam soni 12 kishi nazarda tutilmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi tinglovchilari bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun shartnoma asosida mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlaridan, xorijdan va Oʻzbekiston futbol federatsiyasidan amaliyotchi mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.