| Boj kodi |
Bojning vazifasi |
Stavkalar | Boj toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari | |
|
milliy valyutada (belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent) |
xorijiy valyutada (AQSh dollari) | |||
|
1. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari | ||||
| 1.1. |
Buyurtmanoma berilganligi uchun toʻlanadigan boj | |||
| 1.1.1. | Patent berishga va rasmiy ekspertiza oʻtkazishga buyurtmanoma berish: | Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda | ||
| | a) — bitta ixtiroga | 1 | 420 | |
| | — ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga | 0,5 | 210 | |
| | b) — bitta foydali modelga | 1 | 420 | |
| | — foydali modellar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga | 0,5 | 210 | |
| | v) — sanoat namunasining bitta variantiga | 1 | 420 | |
| | — variantlarga, qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha boʻlgan har bir variant uchun | 0,5 | 210 | |
| | — variantlarga, qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan har bir variant uchun | 1 | 420 | |
| 1.2. |
Ekspertiza oʻtkazilganligi uchun toʻlanadigan boj | |||
| 1.2.1. | Quyidagilarga nisbatan ekspertiza oʻtkazish: | | | Rasmiy ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| | — bitta foydali modelga | 2 | 840 | |
| | — foydali modellar guruhiga, bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga | 2 | 840 | |
| | — oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,2 | 84 | |
| | — qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,1 | 42 | |
| 1.2.2. | Quyidagilarga nisbatan ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish: | | | |
| | a) bitta ixtiroga | 3 | 1260 | |
| | — ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga | 3 | 1260 | |
| | — qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,2 | 84 | |
| | — qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,1 | 42 | |
| | b) — bitta sanoat namunasiga | 3 | 1260 | |
| | — qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha sanoat namunasining har bir variantiga | 1 | 420 | |
| | — qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan sanoat namunasining har bir variantiga | 2 | 840 | |
| | v) ixtiro uchun berilgan buyurtmanomada xalqaro qidirish organlarining biri tomonidan tayyorlangan xalqaro qidirish toʻgʻrisida hisobot mavjud boʻlgan taqdirda, Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boj miqdori quyidagilarni tashkil etadi: | | | |
| | — bitta ixtiroga | 2,5 | 1000 | |
| | — ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi ixtiroga | 2 | 840 | |
| | — qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,2 | 84 | |
| | — qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga | 0,1 | 42 | |
| 1.3. |
Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish | |||
| 1.3.1. | Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazish | 0,6 | 250 | Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 1.3.2. | Eʼlon qilish: | | | |
| | a) rasmiy byulletenda roʻyxatdan oʻtkazilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 0,2 | 84 | |
| | b) ixtiroga, foydali modelga tavsif: | | | |
| | — 35 varaqqacha boʻlgan hajmda, shu jumladan formula, chizmalar, referat va boshqa materiallar | 0,6 | 250 | |
| | — qoʻshimcha ravishda 35 varaqdan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi varaq uchun | 0,01 | 8,4 | |
| 1.3.3. | Patentlarni, oldindan beriladigan patentlar berish | 3 | 250 | |
| 1.4. |
Patentlarning amal qilishini saqlaganlik uchun toʻlanadigan boj | |||
| 1.4.1. | Foydali modelga patentning amal qilishining har bir yili uchun buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab har yili saqlash: | | Birinchi yil uchun — patent roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillar uchun — joriy yilda patentning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar oxirgi uch oy mobaynida | |
| | a) 5 yil doirasida | 2 | 840 | |
| | b) 6—8 yil doirasida | 5 | 420 | |
| 1.4.2. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab vaqti-vaqti bilan ixtiroga patentning amal qilishini saqlash: | | | Uch yil uchun — patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. |
| | uch yil uchun | 2 | 840 | |
| | yetti yil uchun | 4 | 1680 | |
| | oʻn bir yil uchun | 6 | 2500 | |
| 1.4.3. | Amal qilishining uchinchi yilidan boshlab sanoat namunasiga patentning amal qilishini har yili saqlash: | | | Keyingi yillar uchun — patentning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar uch oy mobaynida |
| | uch yil uchun | 1 | 420 | |
| | toʻrtinchi—yettinchi yillar uchun | 1,5 | 630 | |
| | sakkizinchi—oʻninchi yillar uchun | 2 | 840 | |
| | oʻn birinchi—oʻn beshinchi yillar uchun (uzaytirilgan har bir yil uchun) | 3 | 1260 | |
| 1.4.4. | Oldindan berilgan patentning, patentning amal qilish muddati oʻtgandan keyin 6 oylik muddat berganlik uchun qoʻshimcha boj |
belgilangan boj miqdorining 50 foizi |
Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda | |
| 1.5. |
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |||
| 1.5.1. | Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish: | | | Ariza berish bilan bir vaqtda |
| | — ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bitta patent | 2 | 840 | |
| | — ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda | 1 | 420 | |
| 1.5.2. | Quyidagilarga boʻlgan huquqni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish: | | | |
| | — ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga patent | 3 | 1260 | |
| | — ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga bir nechta patent, huquqini boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda | 2 | 840 | |
| 1.5.3. | Ixtirodan, foydali modeldan, sanoat namunasidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi ariza haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya) | 0,2 | 84 | |
| 1.6. |
Oʻzgartirishlar kiritish | |||
| 1.6.1. | Arizachining tashabbusiga koʻra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yuzasidan buyurtmanomaga, shu jumladan ixtiro, foydali model formulasig�, davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha sanoat namunasining muhim belgilari roʻyxatiga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 1.6.2. | Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda |
| 1.6.3. | Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga buyurtmanomani ajratish, dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda) | 2 | 840 | Ajratilgan buyurtmanomani berish bilan bir vaqtda |
| 1.6.4. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 1.6.5. | Ixtiroga buyurtmanomani foydali modelga buyurtmanomaga oʻzgartirish | 0,3 | 125 | Buyurtmanomalarni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda |
| 1.6.6. | Foydali modelga buyurtmanomani ixtiroga buyurtmanomaga oʻzgartirish | 0,5 | 210 | |
| 1.7. |
Hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash | |||
| 1.7.1. | Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunalariga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirilgan har bir oy uchun: | | | Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻr�sida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
| | — belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha doirasida | 0,2 | 84 | |
| | — 6 oydan 12 oygacha | 1 | 420 | |
| 1.7.2. | Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga buyurtmanomalar sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni soʻrash muddatini koʻpi bilan 2 oyga uzaytirish | 0,5 | 210 | Ariza berish bilan bir vaqtda |
| 1.7.3. | quyidagi muddatlar doirasida berilgan iltimosnoma boʻyicha, ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga buyurtmanomalar yuzasidan ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash: | | | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
| | — belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha | 1,4 | 600 | |
| | — 6 oydan 12 oygacha | 3 | 1260 | |
|
2. Seleksiya yutuqlari | ||||
| 2.1. |
Buyurtmanoma bojlari | |||
| | Seleksiya yutuqlariga patent berish yuzasidan buyurtmanomalar berish va rasman ekspertiza oʻtkazish | 1 | 420 | Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda |
| 2.2. | Patentga munosiblik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun bojlar | |||
| 2.2.1. | Seleksiya yutugʻining yangilik ekanligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish | 3 | 1260 | Koʻrib chiqishga buyurtmanoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 2.2.2. | Seleksiya yutugʻining farqlanishi, oʻxshashligi va barqarorligi yuzasidan sinovlar oʻtkazish | 15 | 6300 | Buyurtmanoma sinov rejasiga kiritilgani toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 2.3. | Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish | |||
| 2.3.1. | Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazish | 0,6 | 250 | Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 2.3.2. | Eʼlon qilish: | | | |
| | a) rasmiy axborotnomada: | | | |
| | — seleksiya yutugʻi yuzasidan buyurtmanoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 0,2 | 84 | |
| | — roʻyxatdan oʻtkazilgan seleksiya yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 0,2 | 84 | |
| | b) seleksiya yutugʻiga tavsiflar: | | | |
| | —referat va boshqa materiallar bilan birga 35 listgacha hajmda: | 0,6 | 250 | |
| | — 35 listdan ortiq keyingi har bir list uchun | 0,01 | 8,4 | |
| 2.3.3. | Patentlar berish | 0,6 | 250 | |
| 2.4. | Seleksiya yutuqlariga patentning amal qilishini saqlash uchun bojlar | |||
| 2.4.1. | Seleksiya yutugʻiga patentni roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshla� oʻz kuchida saqlash, amal qilishining har bir yili uchun: | | | Birinchi yil uchun — patentni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida |
| | birinchi yil uchun | 1 | 420 | |
| | ikkinchi yil uchun | 1,2 | 500 | |
| | uchinchi yil uchun | 1,4 | 590 | |
| | toʻrtinchi yil uchun | 1,8 | 760 | |
| | beshinchi yil uchun | 2,2 | 920 | |
| | oltinchi yil uchun | 2,2 | 920 | |
| | yettinchi yil uchun | 3 | 1260 | |
| | sakkizinchi yil uchun | 3 | 1260 | |
| | toʻqqizinchi yil uchun | 4 | 1680 | |
| | oʻninchi yil va undan keyingi har bir yil uchun | 5 | 2100 | |
| | yigirma bir—oʻttizinchi yillar uchun (uzaytirish) | 6 | 2520 | |
| 2.4.2. | Patentning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oy muddat berganlik uchun qoʻshimcha boj |
belgilangan boj |
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda | |
| 2.5. | Seleksiya yutuqlariga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |||
| 2.5.1 | Quyidagilardan iborat litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish: | | | Huquqni berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda |
| | — seleksiya yutugʻiga bitta patent | 2 | 840 | |
| | — seleksiya yutugʻiga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har qaysi patent uchun qoʻshimcha ravishda | 0,5 | 420 | |
| 2.5.2. | Seleksiya yutugʻiga patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish | 3 | 1260 | |
| 2.5.3. | Seleksiya yutugʻidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi arizaga doir maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya) | 0,2 | 84 | Ariza berish bilan bir vaqtda |
| 2.6. | Oʻzgartirishlar kiritish | |||
| 2.6.1. | Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha seleksiya yutugʻiga buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 2.6.2. | Seleksiya yutugʻi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda |
| 2.6.3. | Seleksiya yutugʻiga buyurtmanomani ajratish, dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda) | 2 | 840 | Buyurtmanomani ajratish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda |
| 2.6.4. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 2.7. | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash | |||
| | quyidagi muddatlarga berilgan iltimosnoma boʻyicha arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan qonunda belgilangan muddatni tiklash: | | | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
| | — belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 2 oygacha | 0,6 | 250 | |
| | — 3 oydan 4 oygacha | 1 | 420 | |
| | — 6 oygacha | 1,2 | 500 | |
|
3.Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlar kelib chiqish joyining nomi | ||||
| 3.1. | Buyurtmanoma bojlari | |||
| 3.1.1. | Tovar belgisini, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga va buyurtmanomadagi koʻrsatkichlarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishga buyurtmanomalar berish: | | | Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda |
| | — MKTU bitta klassi uchun | 1,4 | 600 | |
| | — bittadan ortiq har bir MKTU klassi uchun | 0,1 | 60 | |
| | — jamoa belgisining MKTU bitta klassi uchun | 1,4 | 600 | |
| | — bittadan ortiq jamoa belgisining MKTU har bir klassi uchun | 0,1 | 60 | |
| 3.1.2. | Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga, tovarning roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan kelib chiqqan joyidan foydalanish huquqini berishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga buyurtmanomalar berish | 1,4 | 600 | |
| 3.2. | Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish | |||
| 3.2.1. | Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish | 0,6 | 250 | Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 3.2.2. | Tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish | 0,2 | 84 | |
| 3.2.3. | Guvohnoma berish | 0,6 | 250 | |
| 3.3. | Guvohnomalarning amal qilishini saqlash uchun bojlar | |||
| 3.3.1. | Tovar belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun: | | | Birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish uchun boj toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. |
| | — MKTU bitta klassi uchun | 1,4 | 600 | |
| | — bittadan ortiq har bir klass uchun | 0,1 | 60 | |
| 3.3.2. | Jamoa belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun: | | | Keyingi yillar uchun — guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida |
| | — MKTU bitta klassi uchun | 2,8 | 1200 | |
| | — bittadan ortiq har bi� klass uchun | 0,2 | 120 | |
| 3.3.3. | Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun | 1,4 | 600 | |
| 3.3.4. | Guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oylik muddat berish uchun qoʻshimcha boj |
belgilangan boj miqdorining |
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda | |
| 3.4. | Tovar belgilariga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |||
| 3.4.1. | Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish: | | | Huquq berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda |
| | — bitta tovar belgisi | 2 | 840 | |
| | — bir nechta tovar belgilari; litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda | 1 | 420 | |
| 3.4.2. | Quyidagilarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish: | | | |
| | — bitta tovar belgisini | 3 | 1260 | |
| | — bir nechta tovar belgilarini; berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda | 1,5 | 630 | |
| 3.5. | Oʻzgartirishlar kiritish | |||
| 3.5.1. | Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha arizachining tashabbusiga koʻra tovar belgisiga buyurtmanomaga va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 3.5.2. | Tovar belgisiga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga oʻzgartirishlar kiritish | 1 | 420 | |
| 3.5.3. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish | 0,5 | 210 | |
| 3.5.4. | Tovar belgisiga buyurtmanomalarni ajratish (dastlabki buyurtmanomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun) yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni ajratish (yangidan paydo boʻlgan har bir roʻyxatdan oʻtkazish uchun) | 1,4 | 600 | Ajratish toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
| 3.5.5. | Buyurtmanoma berilgan sanadan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha boʻlgan davrda berilgan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan buyurtmanomaga huquqni boshqaga berish munosabati bilan arizachini oʻzgartirish | 1,5 | 630 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| 3.6. | Ekspertiza soʻrovi boʻyicha hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash | |||
| 3.6.1. | Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun | 0,2 | 84 | Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda |
| 3.6.2. | Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga buyurtmanomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash | 0,6 | 250 | Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
|
4. EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlar | ||||
| 4.1. | Buyurtmanoma bojlari | |||
| | EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga buyurtmanomalar berish | 1 | 420 | Buyurtmanomalar berish bilan bir vaqtda |
| 4.2. | R�yxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnomalar berish | |||
| 4.2.1. | EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish | 0,6 | 250 | Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 4.2.2. | EHM va maʼlumotlar bazalari uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan dasturlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish | 0,2 | 84 | |
| 4.2.3. | Guvohnomalar berish | 0,6 | 250 | |
| 4.3. | EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |||
| 4.3.1. | EHM va maʼlumot bazalari uchun dasturga barcha mulkiy huquqlarni boshqaga toʻliq berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | 3 | 1260 | Huquq berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda |
| 4.3.2. | EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturga mulkiy huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish | 2 | 840 | |
| 4.4. | Oʻzgartirishlar kiritish | |||
| | Davlat ekspertizasi qarori chiqarilgungacha EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dastur yuzasidan buyurtmanomaga tuzatishlar, toʻldirishlar va aniqliklar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| |
5. Integral mikrosxemalar topologiyalari | |||
| 5.1. | Buyurtmanoma bojlari | |||
| | Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga buyurtmanomalar berish | 1 | 420 | Buyurtmanomalar berish bilan bir vaqtda |
| 5.2. | Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnomalar berish | |||
| 5.2.1. | Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish | 0,6 | 250 | Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida |
| 5.2.2. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan integral mikrosxemalar topologiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish | 0,2 | 84 | |
| 5.2.3. | Guvohnomalar berish | 0,6 | 250 | |
| 5.3. | Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |||
| | Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish | 2 | 840 | Huquq berish toʻgʻrisida ariza bilan bir vaqtda |
| 5.4. | Oʻzgartirishlar kiritish | |||
| | Davlat ekspertizasi qarori chiqarilgungacha integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan buyurtmanomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish | 0,5 | 210 | Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda |
| |
6. Apellatsiyalarni apellatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqish | |||
| 6.1. | Patent idorasining qarorlari yuzasidan apellatsiyalar | |||
| 6.1.1. | Buyurtmanomalarning rasman ekspertizasi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellatsiyalar | 0,6 | 250 | Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
| 6.1.2. | Quyidagilar boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellatsiyalar: | | | |
| | a) foydali modelga buyurtmanomalar ekspertizasi | 1 | 420 | |
| | b) yangi seleksiya yutugʻi ekspertizasi | 1 | 420 | |
| | v) ixtiro, sanoat namunasiga buyurtmanomalar mohiyati boʻyicha ekspertiza | 1,4 | 590 | |
| | g) seleksiya yutugʻini farqlanishi, bir xilligi va barqarorligi yuzasidan sinab koʻrish | 1,4 | 590 | |
| | d) koʻrsatilgan belgi, shu jumladan xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish predmeti hisoblangan belgi ekspertizasi | 1,4 | 590 | |
| 6.2. | Huquqiy muhofaza qilishga qarshi apellatsiya | |||
| | Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patent yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berishga qarshi apellatsiyalar | 2 | 840 | Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
| 6.3. | Muhofaza hujjatining amal qilishiga qarshi apellatsiyalar | |||
| | Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patentlarning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishiga qarshi apellatsiyalar |
3 | 1260 | Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
| 6.4. | Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar | |||
| | Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar | 2 | 840 | Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
| 6.5. | Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar | |||
| | Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar | 4 | 1680 | Apellatsiya berish bilan bir vaqtda |
| 6.6. | Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish | |||
| | Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun | 0,2 | 84 | Iltimosnoma berish bilan bir vaqtda |
| |
7. Boshqa bojlar | |||
| 7.1. | Mualliflik guvohnomalari yoki sobiq SSSR guvohnomalari (ularga muvofiq buyurtmanomalar berilgan sanadan boshlab tegishli ravishda 20 yil muddat oʻtmagan boʻlsa) asosida ixtiroga yoki seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patenti berish yuzasidan ariza berish | 5 | | Ariza berish bilan bir vaqtda |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2006 yildagi 65-son
Kuchga kirish sanasi
01.07.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
|
Hujjat 01.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Patent bojlari stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamlariga tushadigan milliy va xorijiy valyutadagi patent bojlari mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy valyutadagi mablagʻlarning 90 foizi Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy valyutadagi mablagʻlarning 10 foizi va milliy valyutadagi mablagʻlarning 100 foizi ulardan idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablagʻlarning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat patent idorasi har oʻn kunda tushayotgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus valyuta hisob raqamlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda oʻzining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qaror 2006-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
65-son
Patent bojlari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari (keyingi oʻrinlarda boj deb yuritiladi) toʻlash tartibini, shuningdek ularni toʻlashdan ozod qilish yoki qaytarish asoslarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Boj Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb yuritiladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda buyurtmanoma yoki patentning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami, uning uchun boj toʻlangan xatti-harakatga doir guvohnoma va uning nomi boʻlishi kerak. Agar buyurtmanomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami hali berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda uning uchun boj toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi nomlari, tovar kelib chiqqan joy, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalari nomlari, shuningdek birinchi muallifning familiyasi yoki ariza beruvchining nomi boʻlishi kerak. Patent idorasi koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toʻlangan bojning miqdori belgilangan boj miqdoriga muvofiqligi boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq bojning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun buyurtmanomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga buyurtmanoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va ular uchun boj toʻlangan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Agar buyurtmanoma boj buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj toʻlangan klasslariga nisbatan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi Patent idorasi tomonidan yetishmayotgan boj qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan uch oylik muddat tamom boʻlgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj miqdori 50% ga koʻpayadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Toʻlangan buyurtmanoma boji qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Toʻlangan boshqa bojlar ariza beruvchining — bojni toʻlagan shaxsning iltimosiga koʻra bojlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda toʻlangan yoki uning uchun boj toʻlangan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bojning ortiqcha toʻlangan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga koʻra iltimos berilgan sanada ularni toʻlash mumkin boʻlgan boshqa bojlar toʻlanishi hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini milliy valyutada toʻlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, AQSh dollarida yoki AQSh dollariga nisbatan qayta hisoblab chiqilgan boshqa erkin muomaladagi valyutada toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bojlarni qaytarishga doir bank xizmatlari uchun boj toʻlagan shaxs hisobidan haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalarining yagona mualliflari boʻlgan hamda oʻz nomiga muhofaza hujjati soʻrayotgan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1-1.3, 2.1-2.3, 3.1-3.2, 4.1-4.2, 5.1-5.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni toʻlashdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni toʻlashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga koʻra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi;
urush yillari front ortida ishlaganlik (yoki xizmat qilganlik) uchun berilgan guvohnoma;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi.
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda boj miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Patent bojlari
stavkalari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) 3-bandda:
birinchi—toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi tegishli ravishda birinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) qarorga 3-ilovada:
birinchi xatboshidan “va soʻmdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “va soʻmdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “95” raqami esa “90” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “5” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“kamida 50 foizidan — idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, xizmat safari xarajatlarini, shuningdek sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda;
qolgan mablagʻlardan — idora xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish mumkin”;
10-banddagi “tushgan mablagʻlar umumiy hajmining koʻpi bilan 25 foizi miqdorida” soʻzlari “mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilova 19-bandining ikkinchi xatboshi.