Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI KOMISSIYASINING YaNGI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-yanvardagi 23-sonli “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 34-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2006-yil 1-fevral,
12-son
“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining
TARKIBI
| | | |
|
Inomova S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi |
| Qosimov R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| Muhitdinova A. | — | Sogʻliqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari |
| Alimjanova D. | — | “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamgʻarmasi ijrochi direktori, Komissiya masʼul kotibi |
| Abdullayeva Sh. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, iqtisod fanlari doktori, professor |
| Abdullayev R. | — | Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi |
| Abdurahimova F. | — | Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi |
| Abdurahimova F. | — | Oʻzbekiston davlat Konservatoriyasi orkestr dirijyorligi kafedrasi mudiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist |
| Alimova D. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Tarix instituti direktori, professor |
| Ashurov S. | — | “Turkiston” gazetasining bosh muxarriri |
| Aʼzamov Q. | — | Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari |
| Joʻrayev T. | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| Iqbol Mirzo | — | “Assalom, Oʻzbekiston” studiyasi bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq shoiri |
| Moʻminova 3. |
— |
shoira |
| Saidov S. | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Sa�fullayev B. | — | Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Toshmuhamedova D. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining raxbari |
| Ubaydullayeva R. | — | “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
| Ubaydullayev B. | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi |
| Qosimov J. | — | “Oʻzbekkino” milliy agentligi direktorining oʻrinbosari |
| Qurbonova N. | — | R�spublika “Tomosha” bolalar studiyasining rahbari |
| Qoʻziyev T. | — | Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi raisi |
Keyingi tahrirga qarang.
Izox: Respublika komissiyasining aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar Komissiya tarkibiga kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 445-modda)