Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1991 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.11.1991 yildagi 299-son
Kuchga kirish sanasi
25.11.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOLXOZLAR, SOVXOZLAR VA BOShQA QIShLOq XO‘JALIGI
KORXONALARI TOMONIDAN QORAKO‘L VA JUNNI SOTISh
MASALALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining qorako‘l va jun yetishtirishni ko‘paytirish va sifatini yaxshilashdan manfaatdorligini oshirish, bozor munosabatlariga o‘tish uchun sharoit yaratish haqida bu mahsulotlarni sotishning mavjud tartibini qisman o‘zgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, qorako‘l va junning 1991-yil va undan keyingi yillar uchun belgilangan topshiriqlardan 5 foizi hamda ushbu mahsulotlarning belgilangan topshiriqlardan ortiqcha olingan jami hajmi mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ixtiyoriy ravishda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, nohiya ijroiya qo‘mitalari, mahsulotlarning ko‘rsatilgan turlarini tayyorlash va sotishga daxldor bo‘lgan respublika vazirliklari va idoralari mazkur qarorning og‘ishmay bajarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299-son