O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“UMUMIY FOYDALANIShDAGI HAVO, TEMIR YO‘L, IChKI SUV VA AVTOMOBIL TRANSPORTI YO‘LOVChILARINING MAJBURIY ShAXSIY DAVLAT SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA” GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi O‘RQ-388-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta pullari hamda sug‘urta takliflari miqdorlarini, shuningdek, sug‘urta summasini to‘lash uchun jarohatning og‘irlik darajasini aniqlash qoidalarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar qabul qilsin;
Hukumat va tarmoqning ushbu Qonunga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlari qarab chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
867-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 251-modda)