Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VILOYATLARDAGI TEATRLARNING YuBILEYLARINI
OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1991-yilda Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat, S. Ayniy nomidagi Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrlari, Y. Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri, A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri tashkil topganiga 70 yil, Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat, Y. Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi viloyatlararo Fargʻona rus drama teatrining tashkil topganiga 60 yil, 1992-yilda esa Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri faoliyatiga 70 yil toʻladi.1991-yilda Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat, S. Ayniy nomidagi Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrlari, Y. Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri, A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri tashkil topganiga 70 yil, Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat, Y. Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi viloyatlararo Fargʻona rus drama teatrining tashkil topganiga 60 yil, 1992-yilda esa Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri faoliyatiga 70 yil toʻladi.
Oʻtgan yillar mobaynida mazkur teatrlar mehnatkashlarning estetik didi va dunyoqarashini shakllantirishda, tomoshabinlarni oʻzbek va jahon dramaturgiyasi, musiqali drama asarlari bilan tanishtirishda samarali xizmat qildilar.
Yuqoridagilarni hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yuqorida koʻrsatilgan teatrlar yubileylarini viloyatlar bilan hamkorlikda 1991-yil noyabr-dekabr oylarida, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri yubileyini esa 1992-yil may oyida nishonlash haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Viloyatlarning ijroiya qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda:
yuqorida qayd etilgan viloyatlar teatrlari yubiley tadbirlarini yuksak saviyada va tashkilotchilik ruhida oʻtkazishni taʼminlasinlar va bu tadbirlarni Oʻzbekiston teatr sanʼatini keng targʻib qilishga qaratsinlar;
teatr binolarini taʼmirlash, atroflarini obodonlashtirish, ularni zamonaviy radio va yoritish jihozlari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsinlar;
Oʻzbekiston teatr sanʼatini targʻib etishda faol ishtirok etgan, samarali xizmat qilgan, ijodiy barkamol teatr xodimlarini respublika faxriy unvonlariga va faxriy yorliqlariga tavsiya etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat telekoʻrsatuv va radio-eshittirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarining barcha viloyat teatrlarining yubiley tantanalarini keng yoritish ishida faol ishtirok etishi taʼminlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi barcha viloyat teatrlariga plakat, buklet, taklifnoma, dastur va hokazolarni tayyorlashda yordam koʻrsatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 2-noyabr,
277-son